TOShKENT, 19-iyun - Sputnik. Jilinning fikriga ko‘ra, har qanday mamlakatda xavfsizlik va barqarorlikning asosiy sharti, bu – kuch ishlatish tizimlariidagi boshqaruv vertikalidir. Ya’ni kuch ishlatish tizimi qanchalik shaffof va qonuniy ishlasa, korrupsiyalashmagan bo‘lsa – jinoyatchilik shunchalik kam bo‘ladi.
“Xalqaro tashkilotlar izlanishlari natijalariga kelsak, nima ham derdik, sobiq vatandoshlarimiz uchun faqat xursand bo‘lishimiz mumkin. Bunday natijalar kuch ishlatish tizimlarida boshqaruvini qattiqqo‘llashtirish natijasida erishilishi mumkin. Ya’ni qonunbuzarlar pora evaziga jazodan qutilishining iloji bo‘lmagan, korrputsiya va hisobga olinmagan jinoyatlar yo‘q bo‘lganda, erishish mumkin. Ko‘p mamlakatlarda ushbu tizimlar faqat hisobot uchun ishlaydi, ular har oy belgilangan miqdorda qoidabuzarlikni aniqlasa bo‘ldi.
O‘zbekiston shunday yuqori natijalarga erishgan ekan, men Rossiya Xavsizlik Kengashi yoki Ichki ishlar vazirligi o‘rnida bo‘lganimda, darhol mutaxassislarimizni yuborib ularning tajribasini o‘rgangan bo‘lar edim”, - deydi ekspert.
Eslatib o‘tamiz, Global Law and Order xalqaro tashkiloti tuzgan reytingga ko‘ra, O‘zbekiston xavfsizlik borasida 142 mamlakat orasida beshinchi o‘rinni egallagan. Oldinda faqat Singapur, Norvegiya, Islandiya va Finlyandiya.