O‘zbekiston terror xavfi eng past mamlakatlar ro‘yxatidan joy oldi

© Press-slujba prezidenta RUzAvtomobilnoe dvijenie v Tashkente
Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida terror xavfi eng past davlat deb Turkmaniston topildi

TOShKENT, 16 noya – Sputnik. O‘zbekiston London Iqtisodiyot va tinchlik institutining Global Terrorism Index 2017 reytingida 163 mamlakat orasida 125-o‘rinda qayd etildi.

Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston 0,077 ball bilan terror xavfi eng past mamlakatlar qatoridan o‘rin olgan (ball qancha kam bo‘lsa, terror xavfi shunchalik past deb baholanadi.

Xalqaro reytinglar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston xalqaro reytinglarda

Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida terror xavfi eng past davlat deb Turkmaniston (134-o‘rin) topildi. Keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston (123-o‘rin), (Qirg‘iziston (1,989 ball, 79-o‘rin), Tojikiston (2,427 ball, 72-o‘rin), Qozog‘iston (2,9500 ball, 67-o‘rin) joylashgan.

Jahonda terror xavfi eng baland deb Iroq (10 ball, 1-o‘rin), Afg‘oniston (9,441 ball, 2-o‘rin) va Nigeriya (9,009 ball, 3-o‘rin) topildi.

Reytingda AQSh 5,429 ball bilan 32-, Rossiya esa 5,329 ball bilan 33-o‘rinda joylashgan.

Dunyoning eng xavfsiz davlatlari deb Turkmaniston singari 0 ball bilan baholangan Portugaliya, Ruminiya, Latviya, Singapur, Sloveniya, Kuba, Mongoliya, Shimoliy Koreya va boshqa davlatlar (jami 30ta) tan olingan.

Reyting mualliflari mamlakat ichidagi terrorchilik xavfi darajasini teraktlar miqdori, halok bo‘lgan va jarohatlanganlar soni, moddiy zarar miqdoriga qarab baholashadi.

Yangiliklar lentasi
0