Chegaralar ochilgach Qirg‘izistondagi zavodda ishlab chiqarish ikki baravarga oshdi

© VYACHESLAV OSELEDKO / AFPLyudi proxodat KPP na granitse Uzbekistana i Kirgizstana
Lyudi proxodat KPP na granitse Uzbekistana i Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik savdogarlar Qorasuv shahridagi yirik bozorga yana kela boshlashdi.

TOShKENT, 19-iyun – Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegaralar ochilgach, ikki davlat aholisi uchun ko‘plab yangi imkoniyatlar ochildi, deb yozadi “MIR 24”.

“Do‘stlik” punkti. Bir sutkada 15 ming kishi o‘tadi. 13ta nazorat-o‘tkazuv kabinasi tunu kun ishlaydi, lekin odamlar oqimi to‘xtamaydi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yangi chegara o‘tkazish punktlarini ochish masalasini ko‘rib chiqdi

“Avvallari O‘zbekiston tomonidan kiritilgan cheklovlar bor edi. Faqat ma’lum bir hujjat: telegramma, aviachipta bo‘lsagina o‘tkazilardi. Hozir bu cheklovlar olib tashlangan”, – deydi Qirg‘iziston davlat chegara xizmati chegara nazorati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Gulsara Ismoilova.

Odamlar uzun navbatda turishga tayyor – ko‘pchilik qarindoshlari bilan ancha vaqtdan buyon ko‘rishmagan. Endi to‘siqlar o‘yq.

“Singlimni ko‘rmaganimga 12-yil bo‘ldi. Ikki davlat rahbarlarining harakatlari bilan chegara ochildi”, – deydi qirg‘izistonlik Mo‘minjon Nazaraliyev.

“O‘shdagi qarindoshlarimdan xabar olgani Farg‘onadan keldim. Endilikda har hafta ko‘rishapmiz”, – deydi o‘zbekistonlik Ziyoda Otaliqova.

Chegaralar ochilganidan so‘ng savdo jonlandi. Fermerlar o‘z mahsulotlarini bemalol sotishapti. O‘zbekistondan qo‘shni davlatga asosan meva-sabzavotlar keltiriladi. Yetmish yoshli Rustam Umurzaqov o‘z bog‘ida yetishtirilgan gilosni olib kelgan.

“Bizda mevalar Qirg‘izistondagiga qaraganda ertaroq pishadi. Mana, sotgani olib keldim. Avvallari buning imkoni yo‘q edi. Bizda qimmatga sotolmaysiz, hammaning o‘z bog‘i bor”, – deydi u.

O‘zbekistonlik savdogarlar Qorasuv shahridagi yirik bozorga yana kela boshlashdi. Sodiqjon Nishonov o‘n yildan buyon bozorda sotuvchilik qiladi. Uning aytishicha, chegaralar yopilganidan keyin savdo pasayib ketgan.

Mejdugorodnie avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

“O‘zbekistonliklar maishiy texnika: muzlatgich, kir yuvish mashinasi, televizorlarni yaxshi xarid qilishadi. Bizda ularning turlari ko‘p va narxlari ham arzon. Keyingi oylarda savdo zo‘r bo‘lyapti”,  – deydi u.

O‘shdagi kir yuvish mashinalari yig‘iladigan zavodda ishlab chiqarish hajmi deyarli ikki baravarga oshdi – buyurtma ko‘payib ketdi.

“Agar sotuv shunday davom etadigan bo‘lsa, ishlab chiqarishni kengaytirishimizga to‘g‘ri keladi. Mashinalarni yig‘ishga ulgurmayapmiz, omborda mahsulot turmayapti”, – deydi korxona bosh injeneri Xu Guo Fan.

Hukumat nazorat- o‘tkazuv punktlaridagi navbatlar muammosini hal qilishga va’da bergan. O‘tkazuv punktini kengaytirish rejasi ishlab chiqilgan, hozirda qo‘shimcha kabinalar o‘rnatilmoqda. Endi 13ta o‘rniga 30ta kabina bo‘ladi.

“Hukumat “Do‘stlik” NO‘Pni texnik jihozlash uchun 3 million 420 ming som ajratgan. Odamlarga qulay sharoit yaratish zarur”, – dedi Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Jenish Razakov.

Yangi yilda bu yerda zamonaviy o‘tkazuv punkti qurilishi boshlanadi.

Yangiliklar lentasi
0