O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

© Sputnik / Ruslan KrivobokMejdugorodnie avtobusi
Mejdugorodnie avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yo‘l kira narxi bir yo‘lovchi uchun 120 ming so‘m yoki 1000 qirg‘iz somini tashkil etadi.

TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida xalqaro avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Reysovie avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilish sanasi ma’lum bo‘ldi

Bugun 5-may kuni Toshkent — Bishkek — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk avtobus soat 17:30da "Toshkent" avtovokzalidan yo‘lga chiqadi. Muntazam qatnovlar 7-maydan boshlanadi.

Qatnov masofasi 601 kilometrni, yo‘lga sarflanadigan vaqt 12 soat 40 daqiqani tashkil etadi. Jadvalga "G‘isht ko‘prik" (O‘zbekiston) va "Jibek Joli" (Qozog‘iston), "Supatay Batir" (Qozog‘iston) va "Chaldovar" (Qirg‘iziston) postlarida bojxona va chegara nazoratidan o‘tish uchun 30 daqiqadan vaqt belgilangan.

Yo‘l kira narxi bir yo‘lovchi uchun 120 ming so‘m yoki 1000 qirg‘iz somini tashkil etadi.

Avvalroq "O‘zavtotrans" vakillari to‘rtta: Toshkent — Bishkek, Farg‘ona — O‘sh, Andijon — O‘sh va Toshkent — Issiq Ko‘l yo‘nalishlarida qatnovlar tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilishgandi.

Yangiliklar lentasi
0