Samarqand hokimligi shaharda tarixiy obyektlar buzilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

© Press-slujba xokimiyata SamarkandaFragment fasada istoricheskogo zdaniya pochti v Samarkande
Fragment fasada istoricheskogo zdaniya pochti v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq mahalliy nashrlarda Samarqand shahridagi tarixiy pochta binosi va u bilan birga bir nechta uylar xavf ostida qolgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi. Nashrlar samarqandliklar binolar buzilishi holatini noqonuniy deb hisoblashayotganini qo‘shimcha qilishgandi

TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Samarqand viloyati hokimligi shahardagi tarixiy pochta binosi xavf ostida qolganligi to‘g‘risidagi xabarlarga raddiya berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri. 

Mavzoley Chashma Ayub - Sputnik O‘zbekiston
Britaniya muzeyi O‘zbekistondan o‘g‘irlab ketilgan tarixiy yodgorlikni qaytaradi
Mahalliy va bir nechta xorijiy nashrlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, shaharning markaziy qismida Samarqand davlat meditsina institutining o‘quv binosi qurilayotgani, shu hududda istiqomat qilayotgan aholi esa bu holatni noqonuniy deb hisoblab, sudga murojaat qilmoqchi ekani bayon etilgan edi.

Shuningdek, qurilish olib boriladigan hududda joylashgan Samarqand pochtasining bir asrdan oldinroq qurilgan tarixiy binosi xavf ostida qolishi mumkinligi tilga olingan. Bu borada tarixiy obidalarni asrash bo‘yicha inspeksiya tomonidan ushbu hudud himoya ostiga olingani, shunga qaramasdan, buzish ishlari davom etayotgani yozilgan.

Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Samarqand rahbarlariga zo‘r takliflar kiritdi
Samarqand shahrining Amir Temur, Bo‘stonsaroy va Shohruh ko‘chalarida joylashgan turar va noturar joylar o‘rnida "ToshboshplanLITI" davlat unitar korxonasi tomonidan tasdiqlangan bosh rejaga asosan Samarqand davlat meditsina institutining yangi o‘quv binosi qurilishi yuzasidan Samarqand shahar hokimining 2011-yil 4-martdagi hamda 2017-yil 2-maydagi qarorlari qabul qilinib, qurilish uchun 0,5 ga yer maydoni ajratilgan, deb xabar qiladi hokimlik.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 27-28 avgust va 2-sentabr kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilgan majlis bayonining 41-bandi hamda "Investitsiya va infrastruktura loyihalari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida" 2018-yil 3-fevraldagi qaroriga asosan ushbu ajratilgan yer maydonida Samarqand davlat meditsina institutining 800 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurilishi Investitsiya dasturiga kiritilgan.

Ushbu hujjatlar asosida Samarqand shahar hokimining 2018-yil 11-maydagi "Turar va noturar joylarini buzish to‘g‘risida”gi qarori chiqarilgan. Ushbu qaror bilan belgilangan obyektlarni buzish bo‘yicha ishchi guruhi shakllantirilgan. Qarorning 1-ilovasida ko‘rilishi belgilangan binoning ostida joylashgan, buzilishi ko‘rsatilgan turar va noturar joylarining ro‘yxati tasdiqlangan.

Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida ishchi guruhi tomonidan buziladigan turar va noturar joylarining mulkdorlari yozma ravishda, rasman ogohlantirilgan.

Nad Samarkandom podnyati vozdushnie shari. Initsiativa osushestvlena Gosudarstvennim komitetom Respubliki Uzbekistan po razvitiyu turizma sovmestno s Federatsiyey Aeronavtiki Respubliki Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand turistlar uchun dunyoning eng yaxshi shaharlari o‘ntaligiga kiritildi
"Internet nashrida buziladigan bino va inshootlar tarixiy-madaniy obyekt ekanligi tilga olingan. Aslida esa yangi qurilishi rejalashtirilgan bino ostidagi buzilishi belgilangan binolar tarixiy-madaniy obyekt sirasiga kirmaydi. Bu haqda O‘zbekistan Respublikasi Madaniyat vazirligi madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining Samarqand va Jizzax viloyatlari bo‘yicha mintaqalararo davlat inspeksiyasining xulosasi olingan", — deb aniqlik kiritadi hokimlik.

Shuningdek, Shaharsozlik kengashi tomonidan o‘quv binosining loyihasi tasdiqlangan. Ushbu kengash tarkibida mintaqalararo davlat inspeksiyasi ham ishtirok etgan.

Xozirda Samarqand shahar pochtasi joylashgan, haqiqatdan ham YuNESKOning ro‘yxatiga kiritilgan mazkur bino qurilishi belgilangan o‘quv binosidan kamida 12 metr olis masofada joylashgan.

…Samarqand shahrida tarixiy-madaniy obyektlar juda ko‘p. Ularni asrab-avaylash, avlodlar uchun ziyon-zahmat yetkazmasdan saqlash borasida qator ishlar amalga oshirilayapti.

Keyingi paytlarda Samarqandga turistlarning kelishini ko‘paytirish borasida ko‘plab ishlar bajarilmokda. Ana shunday bir paytda nafaqat viloyat, balki respublika rahbariyati tomonidan jiddiy choralar ko‘rilayotir.

Maqolada keltirilgan manzildagi obyekt xam shaharning bebaho boyligi sanaladi va bu har qachongidan ham jiddiy ravishda muhofaza qilinadi.

Ayrim shaxslar esa mana shunday sa’y-xarakatlarni tushunmasdan, o‘z manfaatini ko‘zlab, uydirma gaplarni uylab topib, internetning ijtimoiy tarmoqlari orqali o‘zlarining g‘arazli niyatlarini ko‘psonli aholiga tarqatishga urinmoqda.

Samarqand meditsina instituti o‘kuv binolari bugungi kunda shaharning turli xududlarida tarqoq, moslashtirilgan inshootda joylashgan. Yangi o‘quv binosining qurilishi natijasida bo‘lajak meditsina xodimlari asosan bitta binoda ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratiladi.

Bundan tashqari, talabalarning vaqti, mablag‘i tejaladi, ta’lim olish sifatini oshirib, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi. Qolaversa, yangi bino shaxar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi, deyiladi hokimlik tomonidan berilgan raddiyada.

Yangiliklar lentasi
0