Rossiya kompaniyasi Angren Packni to‘liq sotib olishga qaror qildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishRabota Ussuriyskogo kartonnogo kombinata
Rabota Ussuriyskogo kartonnogo kombinata - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston qog‘oz sanoatining yetakchi korxonasi bir oy ichida 100% xorijiy kompaniyaga aylanishi mumkin.

TOShKENT, 16-iyun – Sputnik. Qog‘oz va karton mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekistonning yetakchi korxonasi bo‘lgan Angren Pack yaqin orada 100% xorijiy kompaniyaga aylanishi mumkin, deb xabar qilmoqda Respublika Fond birjasi.  

"Angren Pack"ning 215600 dona 53,05% oddiy aksiyalariga ega bo‘lgan Rossiyaning “Upravlyayushaya kompaniya Nikol-Pak” MJCh kompaniyasi, Aksiyadorlik jamiyatlari haqidagi qonunning 40 va 24 bandlariga muvofiq, "Angren Pack"ning qolgan aksiyalarini donasini 10 000 so‘mdan sotib olishini e’lon qildi", - deyilgan birja xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Chexiyaning Paper Mill Holding kompaniyasi Angren Packning aksiyalarini 2011-yilda sotib olgan edi. O‘shanda korxona “Sanoatqalinqog‘ozsavdo” OAJ deb atalar edi. Nikol-Pak esa 2018-yil iyun oyining boshida Chexiyaning Paper Mill Holding kompaniyasida Angren Packning nazorat paketini sotib olgan edi.

Proizvodstvo termochuvstvitelnoy bumagi dlya izgotovleniya chekovoy lenti v Kaliningrade - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida sellyuloza-qog‘oz kombinati quriladi

Endi esa, “Nikol-Pak” kompaniyaning qolgan aksiyalarini sotib olishini e’lon qildi. Shuningdek, Rossiya kompaniyasi bir oy ichida kompaniya aksiyalarini sotib olish haqida rozilik olgan taqdirda ularni sotib olish majburiyatini olishini ma’lum qilgan.

Spot.uz xabariga ko‘ra, Angren Pack – O‘zbekistonda qog‘oz, karton, gofrotara, tualet qog‘ozi, salfetka va qog‘oz sochiqlar ishlab chiqaruvchi yetakchi korxona hisoblanadi. Kompaniyaning ishlab chiqarish quvvati  yiliga 100 ming tonna qog‘oz va 120 mln kv.m. gofrokartonni tashkil qiladi. Xususan, Laska, Lotos va Xadaf nomli tualet qog‘ozlari ishlab  chiqargan.

“Nikol-Pak” kompaniyasi upakovka va turli boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan karton ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib u o‘z faoliyatini Rossiyada 2003-yilda boshlagan. Ayni damda xolding korxonalari Rossiyaning Uchali, Voskresensk, Nijniy Novgorod, Novoulyanovsk va Murom shaharlarida joylashgan. Korxona yiliga 250 ming tonnadan ortiq karton mahsulotlari ishlab chiqaradi. Kompaniya Karton gilza va ugolok ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiyaning yetakchi korxonasi, flyuting va layner ishlab chiqarish bo‘yicha - eng yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0