Moskvada O‘rta osiyolik taksichi 7 kishini urib yubordi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishVid na ulitsu Ilinka v Moskve.
Vid na ulitsu Ilinka v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haydovchi shaharning eng gavjum ko‘chalaridan birida piyodalar yo‘lagiga chiqib ketdi. U mast bo‘lmagani va bu ishni qasddan qilmagani ma’lum.

TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Moskva markazidagi Ilinka ko‘chasida taksi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib piyodalar yo‘lagiga chiqib ketdi va 7 kishini urib yubordi, RIA Novosti xabariga asosan.

Voditel avtobusa, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
YeOII fuqarolari Rossiyada chet el "prava"lari bilan haydovchi bo‘lib ishlashlari mumkin

Yo‘l-harakatini tashkil qilish markazi xabariga ko‘ra, haydovchi haydovchi mast bo‘lmagan va bu ishni qassdan qilmagan. Dastlabki so‘roq vaqtida ma’lum bo‘lishicha, u tormoz va gaz pedallanini adashtirib yuborgan.

Jabrlanganlar 2 nafar Meksika fuqarosi, 2 nafar Ozarbayjon fuqarosi, ikki Rossiya fuqarosi va bir ukrainalik bo‘lgan.

Vrachlar xabariga ko‘ra, ikki nafar jabrlangan Meksika fuqarolarining ahvoli qoniqarli darajada. Moskva meri Sergey Sobanin vaziyat nazorat ostida ekanini aytmoqda.

Huquqni saqlash organlari xabariga ko‘ra, taksichining  haydovchilik guvohnomasi 2013-yilda Qirg‘izistonda berilgan. Haydovchining o‘zi aytishiga qaraganda u oxirgi sutka davomida 20 soat davomida to‘xtamasdan ishlagan va bundan oldin faqat 3 soat uxlagan.

“Men tormozni bosayapman deb o‘ylagandim… keyin nima bo‘lganini o‘zim ham tushunmay qoldim”, — deb guvohlik bergan taksi haydovchisi.

Shuningdek, uning haydovchilik tajribasi ikki yil ekanini va Moskvaga bir oy oldin kelganini ham ma’lum.

Yangiliklar lentasi
0