Farg‘onada bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyada viloyat hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi

© Spuntik / Vladimir FedorenkoPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda viloyat hokimining yangi tayinlangan o‘rinbosarlari prezident e’tiboriga tushgan, yuqori bilim va kasbiy tajribaga ega, mehnat faoliyati davomida samarali ishlagan eng yaxshi kadrlardan ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche s aktivom Ferganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona viloyatida "Har bir oila – tadbirkor" dasturi uchun 100 million dollar ajratiladi

Sessiya qaroriga ko‘ra, Farg‘ona viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Qo‘chqorov Sadriddin Burxonovich o‘rniga Ortiqov Akmalxon Jo‘raxonovich hamda qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Tursunov Alibek Ma’murjonovich o‘rniga Teshayev Shuhrat Jo‘raqulovich tayinlanganligi bir ovozdan ma’qullandi.

Xabarda aytilishicha, yig‘ilishda viloyat hokimining yangi tayinlangan o‘rinbosarlari prezident e’tiboriga tushgan, yuqori bilim va kasbiy tajribaga ega, mehnat faoliyati davomida samarali ishlagan eng yaxshi kadrlardan ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

"Sessiya yakunida deputatlar hamda yangi tayinlangan o‘rinbosarlar so‘zga chiqib, o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlash va zimmalariga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarishga va’da berdilar", — deyiladi xabarda.

Sessiyada O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamda prezidentning davlat maslahatchisi Umar Ismoilovlar ishtirok etdilar. 

Yangiliklar lentasi
0