Farg‘ona viloyatida "Har bir oila – tadbirkor" dasturi uchun 100 million dollar ajratiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche s aktivom Ferganskoy oblasti
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche s aktivom Ferganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident odamlarni rozi qilish uchun ularni ish bilan ta’minlash, buning uchun investitsiyalar jalb etish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Oltiariq tumanida Farg‘ona viloyati faollari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Farg‘onada: prezident xalq bilan muloqot qiladi

Farg‘ona viloyati sanoat tovarlari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, xizmat ko‘rsatish, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan tovarlar va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha respublikadagi o‘rtacha darajadan bir necha barobar orqada ekani tanqid ostiga olindi.

"Biz o‘zimizga juda katta yuk olganmiz. Xalqimizni rozi qilishimiz kerak. Farg‘ona viloyati hamma soha bo‘yicha hali o‘zining yo‘lini topgani yo‘q. Iqtisodiyotda, maishiy hayotda ko‘p muammolar to‘planib qolgan. Lekin rahbar shuning uchun rahbar — masalaga yechim topishi kerak. Buning uchun vatanni sevishi, o‘zini qiynashi kerak," — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Odamlarni rozi qilish uchun ularni ish bilan ta’minlash, buning uchun investitsiyalar jalb etish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Xususan, viloyatda 101 mingta ish o‘rni yaratish imkoniyati borligi ko‘rsatib o‘tildi.

"Har bir oila — tadbirkor" dasturini Farg‘ona viloyatida amalga oshirish uchun oilalarning tadbirkorlik imkoniyatlarini o‘rganish, zarur bo‘ladigan moliyaviy resurslarni hisob-kitob qilib, kamida 100 million dollar ajratish bo‘yicha topshiriq berildi.

Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar bo‘yicha mutasaddilarning hisobotlari eshitildi. Aholi talablaridan kelib chiqib zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0