O‘zbekistonning eng yaxshi blogeri 15 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi

© Foto: "Narodnoe slovo"V Tashkente nagradili luchshix blogerov respubliki.
V Tashkente nagradili luchshix blogerov respubliki. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chempionat 12-aprel kuni boshlangan edi. Unda to‘rt yuzga yaqin bloger ishtirok etdi.

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston blogerlari chempionati g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi "Narodnoe slovo".

Bloger Mirzo Subxanov - Sputnik O‘zbekiston
Bloger Mirzo Subxanov Ozodbek Nazarbekovga: siz san’atkormi yoki tadbirkor?

Chempionat 12-aprel kuni boshlangan edi. Unda to‘rt yuzga yaqin bloger ishtirok etdi. Ular hakamlar hay’ati va o‘quvchilar e’tiboriga 470dan ortiq ijodiy ishlarini taqdim etishdi. Final bosqichiga 21 kishi yetib keldi. Ular o‘z ishlarida bugungi kunning eng dolzarb mavzularini ko‘tarib chiqishdi.

Chempionatda Shahnoza To‘raxo‘jayeva birinchi o‘rinni oldi va unga 15 million so‘m miqdorida pul mukofoti topshirildi.

Xushnudbek Xudoyberdiyev va Muzaffar Qosimovlar ikkinchi o‘rinni egallashdi. Ularga 8 million so‘mdan pul mukofoti topshirildi.

Bir xil ball to‘plagan to‘rt nafar bloger — Muslim Mirzajonov, Javohir Izzatullayev, Feruza Sattorova va Isroil Tillaboyevlar uchinchi o‘ringa loyiq deb topildi. Ularga 5 million so‘mdan pul mukofoti berildi.

Tanlov O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi shafeligida o‘tkazildi. 

Yangiliklar lentasi
0