TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Toshkentda 13-iyun kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro Press klub sessiyasida 2018-2019 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilayotganligi haqida savol Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Nodir Maksumovga berildi.
Maksumov so‘zlariga ko‘ra, 2018-2019 yillar kuz-qish fasliga tayyorgarlik ko‘rish ishlari boshlab yuborilgan. Bu borada joriy yilning 5-fevral shahar hokimligining qarori qabul qilingan.
"Bu ishlarning ko‘lami shahardagi hajmini tassavurga keltirish uchun bir ikkita raqamlar aytib o‘taman, agar shahrimizda 2,5 mlndan ortiq aholi yashaydigan bo‘lsa, bularni 468 ming 800 ta ko‘p qavatli uylar kvartiralarda istiqomat qilishadi. Bularni soni shahrimizda 9373 ta, ular 2378 shirkatlarga biriktirilgan. 2013-yilda ko‘pchilikni xabari bor, prezidentimiz bunday qulaylik yaratib berdiki, banklar tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilishi yo‘lga qo‘yildi", — dedi Nodir Maksumov.
Shu shirkatlarga ko‘p qavatli turar joy binolarni ularni ta’mirlash, atrofini obodonlashtirish, bolalar maydonchani shakllantirish bo‘yicha imtiyozli kredit ajratiladi. Bu kreditlar Toshkent shahrida 2013-2017 yil qo‘shib hisoblanganda 500 milliard so‘mdan ortiq kredit mablag‘lar rasmiylashtirilgan va ishlar amalga oshirilgan.
"Bu yil bu ishlar amalga oshirish uchun qishga tayyorgarlik ishlarini shahrimizdagi shirkatlarga 153 milliard so‘m kredit mablag‘lari ajratilishi rejalashtirildi. Bugungi kunda hozir bu kreditlar 46 milliard so‘mi shirkatlarga rasmiylashtirib berildi va qishga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi", — deb ta’kidladi hokim o‘rinbosari.
Maksumov so‘zlariga qaraganda, bu qishga tayyorgarlik ishlarida asosiy muammolar aynan ko‘p qavatli turar joy binolarni ta’mirlash bilan bog‘liq. Shuning uchun dasturda 26 ta yo‘nalish belgilab berilgan. Bular — tom qismini mukammal ta’mirlash, joriy ta’mirlash, kirish yo‘laklari — podyezdlar ta’mirlash, podyezlardagi fromugalarini zamonaviy plastik romlarga almashtirish, binolarni fasadini ta’mirlash, binolar kirish yo‘laklarni oldidagi yo‘laklarini — tratuarlarni beton qoplamasi bilan qoplash, liftlarni ta’mirlash, bolalar maydonchalarini barpo qilish hamda chiqindilarni saqlash bo‘yicha shahobchalarni tashkil qilish bo‘yicha yo‘nalishlar bor.
"Har bir yo‘nalish shirkatning kesimida dasturga kiritildi. Bu dasturni shakllantirish uchun 2017-yilda amalga oshmay qolgan ishlar hamda 9373 uylar barchasini xatlovdan o‘tkazilgandan so‘ng, mavjud muammolar bartaraf qilish bo‘yicha shakllantirganmiz va bugungi kunda 46 millialrd so‘m mablag‘ shirkatlarga berildi. Bundan tashqari, yana mahalliy hokimiyat budjeti hisobidan 10 milliard so‘m mablag‘, homiylar mablag‘i 6,9 milliard so‘m, yana bir aytish kerakki, bu yil ko‘zga ko‘rina boshladi 2013-yildan buyon kredit berib uylarni ta’mirlayotgan bo‘lsak, mana endi shirkatlar oyoqqa turib o‘zlarining mablag‘lari evaziga uylarni ta’mirlash bo‘yicha dastur ko‘rsatkichlarini kiritishdi. Bu yil ishlarning ko‘lami 10 milliard so‘m bo‘ladi. Shirkatlar o‘z mablag‘i bilan qishga tayyorgarlik ishlarini amalga oshirib boradi", — deya o‘z fikrini bildirdi Nodir Maksumov.
Bundan tashqari, ijtimoiy soha bor — yuzlab yo‘nalish bo‘yicha bu oliy o‘quv yurtlari, maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari, shifoxonalar, kollejlar, litseylar va boshqa shunga o‘xshash obyektlar — bularni barchasini ham kelayotgan qish-kuz mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha o‘zlarini nuqson dalolatnomalari asosida bartaraf qilinishi kerak bo‘lgan ishlar va qish tayyorgarlik bilan yaxshi kirib borish bo‘yicha o‘zlarini dasturlarini shakllantirganlar.
"Tizim qanday shakllangan — demak bu bo‘yicha shaharda shtab tuzilgan, qolaversa muhtaram yurtboshimiz tomonidan asos solingan va bugun o‘zini to‘laligicha oqlagan va faoliyat yuritayotgan sektorlar, ya’ni har bir tumandagi to‘rtta sektor va sektorlarni tarkibidagi okruglar qishga tayyorgarlik ishlarini kundalik hisobot tarzida joylarda berishadi hamda muammolarni hal qilish ishlarini olib borishadi", — deb qo‘shimcha qildi shahar hokimi birinchi o‘rinbosari.
Maksumov so‘zlariga ko‘ra, okrug kesimida hal bo‘lmagan muammolar albatta sektor darajasida hal qilib beriladi. Agar sektor darajasida muammo hal etilmasa shahar kesimida shahardagi korxona, tashkilotlar bilan birgalikda qo‘yilgan vazifa amalga oshirilib kelinmoqda.
"O‘ylaymanki, biz 2018-2019 yil kuz qish mavsumiga tayyorgarligini munosib yakunlaymiz. Oldimizga vazifa qo‘yilgan. Muhtaram yurtboshimiz joriy yil 1-iyun kuni Toshkent shahri tumanlarga tashrif qilganlarida, Chilonzor tumanida bo‘lib o‘tgan faollar bilan yig‘ilishlarida mana shu mavzuga aynan urg‘u berib e’tiroz bilan tanqid bilan aynan men boshqarayotgan kompleks, men javob beraman bu sohaga, men bilan birgalikdagi komanda a’zolariga juda qattiq talablar qo‘yildilar. Kuz qish mavsumiga betalofat o‘tkazish bo‘yicha ishontirib aytamanki biz mana shu ishlarni o‘z vaqtida yakunlaymiz. Qo‘yilgan muddat shu avgust oyining oxirgi dekadasi bilan biz yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarni yakunlashimiz kerak", — deb qo‘shimcha qildi Nodir Maksumov.