TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti Vladimir Putinga birgalikda S-500 zenit raketa majmualarini ishlab chiqarishni taklif etdi, deb xabar qildi RIA Novosti Haber 3ga tayangan holda.
Bundan tashqari, Turkiya prezidenti Moskva va Anqara o‘rtasidagi S-400 bo‘yicha bo‘lgan kelishuvlarga AQSh va NATO tomonidan bo‘layotgan tanqidlarga ham munosabat bildirib o‘tgan.
"Nega ular Gretsiya ega bo‘lgan S-300 borasida lom-mim deyishmadi? Turkiyaga nisbatan bunday siyosatni tushunish mumkin emas. Bizning mudofaa sanoatimizning o‘z ehtiyojlari bor, va biz ularni qondirishga harakat qilamiz". — degan Erdo‘g‘on.
Ilgariroq Turkiya yetakchisi Anqara rossiyadan olingan S-400 zenit raketa majmualarini zarurat tug‘ilganda ishlatishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. "Ular mudofaa tizimlari. Agar ulardan foydalanmasak, unda ularni nima qilamiz", — deb ta’kidlagan Erdo‘g‘on.
O‘tgan yilning dekabr oyida Turkiya va Rossiya o‘rtasida S-400 bo‘yicha kredit kelishuvi imzolangan. Anqara 2,5 milliard dollarga ushbu majmualarning ikkita batareyasini xarid qilishini va bu batareyalarga turkiyalik xodimlar xizmat ko‘rsatishini ta’kidlangandi. Tomonlar, shuningdek, Turkiyada S-400 ishlab chiqarilishini rivojlantirish borasida texnologik hamkorlikka kelishib olishdi.