TOShKENT, 5 apr – Sputnik. Fransiyaning eng yirik milliy nashrlaridan biri Libération aynan zarur bo‘lgan vaqtda Anqara Tehron va Moskva G‘arbga qarshi yagona front bo‘lib chiqishdi, deb xabar qilmoqda RT.
Nashr xabariga ko‘ra, Rossiya, Turkiya va Eron rahbarlari sammiti uchchala tomon ham erishgan yirik g‘alabalardan keyin va AQSh o‘z qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishini e’lon qilgan vaqtda sodir bo‘ldi. Undan tashqari, uchchala mamlakat ham G‘arb bilan munosabatlari taranglashgan vaqtda, ularning bir tomon bo‘lib chiqishi – ularning birligini yaqqol ko‘rsatuvchi qadam bo‘ldi, deb yozadi nashr.
Suriya masalasida esa, uchchala tomon “barcha sohalarda uzoq muddatga vaziyatni normallashtirish” va “Suriyaning territorial butligini buzadigan barcha separatist harakatlarga qarshilik ko‘rsatish”ga kelishib olishdi.
Shuningdek ushbu uchrashuvda Rossiya tomonidan Turkiyaga S-400 uskunalarini imkon qadar tezroq yetkazib berish masalasi ham ijobiy hal qilindi.