Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti sal oldin Ramazon hayiti munosabati bilan uch kunlik dam olish e’lon qilgan edi

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti xalqqa Ramazon hayiti munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

"Muhtaram yurtdoshlar!

Moskovskaya sobornaya mechet otkrilas posle rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston
2018 yildan boshlab hayit bayramlarida 3 kundan dam olinadi
O‘zbekistonimiz yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘yib, barcha sohalarda o‘zgarish va yangilanishlar kuchayib borayotgani, Ramazon hayiti munosabati bilan yurtimizda uch kunlik dam olish e’lon qilingani bu yilgi bayramga alohida fayz va tarovat bag‘ishlamoqda.

Tabarruk ayyom arafasida ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan bir guruh shaxslarni avf etish to‘g‘risida farmon qabul qilingani xalqimizga xos kechirimlilik, bag‘rikenglik va mehr-shafqat fazilatlarining yana bir yaqqol namoyoni bo‘ldi.

Hech shubhasiz, bu huquqiy hujjat jamiyatimizda inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash, bilib-bilmay noto‘g‘ri yo‘lga kirgan insonlarni kechirish, ularni oilasi bag‘riga, to‘laqonli hayotga qaytarishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarimizning uzviy davomidir.

Sledstvenniy izolyator  - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Ramazon hayiti munosabati bilan 226 nafar fuqaroni afv etdi
Albatta, biz o‘z diniy qadriyatlarimizni ulug‘lab, e’zozlab yashar ekanmiz, hozirgi yuksak texnologiyalar asrida mustahkam iymon-e’tiqod bilan birga zamonaviy ilm-fan, kasb-hunarlar, xorijiy tillarni puxta egallash, innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni chuqur o‘zlashtirish, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash barqaror taraqqiyotga erishishning eng muhim sharti ekanini yaxshi tushunamiz.

Muborak hadislarda aytilganidek, ikki dunyo saodatini o‘ylab yashagan inson, xalq hech qachon kam bo‘lmaydi.

Barchangizni muqaddas Ramazon hayiti bilan yana bir bor tabriklayman.

El-yurtimizning shu muborak oyda qilgan ibodatlari, ezgu niyatlari ijobat bo‘lsin!

Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizda tinchlik, ahillik, fayzu baraka bardavom bo‘lsin!

Ezgu ishlarimiz, intilishlarimizda Yaratganning O‘zi madadkor bo‘lsin!", — deyiladi tabrikda.

Yangiliklar lentasi
0