TOShKENT, 28 dek — Sputnik. 2018-yildan boshlab Qurbon hayit va Ramazon hayit bayramlarida uzluksiz 3 kun dam olinadi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri mahalliy OAVlar tarqatayotgan xabarlarga tayangan holda.
Xalqimizning ma’naviy hayotida oliyjanoblik, minnatdorchilik, ezgulik, rahmdillik, hamjihatlik fazilatlari belgilanishida muqaddas Qurbon hayit va Ramazon hayit bayramlarining muhimligi va ahamiyatini inobatga olgan holda, milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni yuksaltirish va saqlab qolish maqsadida 2018-yildan boshlab ayrim dam olish kunlarini bayram kunlariga yaqin bo‘lgan ish kunlariga qo‘chirish hisobiga uzluksiz uch kunlik dam olish kunlari belgilanishi ko‘zda tutilmoqda", — deyiladi O‘zA xabarida.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi Farmonida keltirilmoqda.