Aripov Tojikiston bosh vaziri bilan uchrashdi

© Pravitelstvo respubliki KirgizstanPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hukumatlar rahbarlari Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifini muhokama qilishdi

TOShKENT, 1-iyun - Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Tojikistonda ushbu respublika hukumati rahbari Qohir Rasulzoda bilan uchrashdi, deb xabar berdi Tojik telegraf agentligi.

Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Rahmon O‘zbekistonga qachon tashrif buyurishi ma’lum bo‘ldi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi muloqotning asosiy mavzusi bo‘ldi.

Ikki davlat hukumatlari rahbarlari mazkur voqea ikki davlat munosabatlari rivojiga yangi turtki beradi deb hisoblaydi.

Shuningdek, o‘zaro muloqot chog‘ida mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik hamda Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan MDH hukumat rahbarlari Kengashi yig‘ilishining kun tartibi muhokama qilindi.

Tojikiston prezidenti O‘zbekistonga 2018-yilning kuzida rasmiy tashrif bilan kelishi ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0