Vladimirda O‘zbekiston mahsulotlari uchun logistika markazi quriladi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy, STF / Mediabankka o‘tishGruzovie furi na territorii terminala
Gruzovie furi na territorii terminala - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimirda quriladigan logistika markaziga O‘zbekiston mahsulotlarini oldindan to‘lovsiz olib kelish mumkin bo‘ladi.

TOShKENT, 12-iyun – Sputnik. Buxoro viloyati hokimligi va "O‘zbekoziqovqatxolding" XK, O‘zbekiston mahsulotlari uchun Vladimirda logistika markazi qurishga qaror qilishdi, deyilgan Vazirlar Mahkamasining 430-sonli qarorida.

Logistika markazi Rossiya Federatsiyasining Vladimir shahrida joylashgan OAO “Investstroy” korxonasi ishlab chiqarish bazasi asosida quriladi. Xususan, u yerdagi mavjud binolarni qayta tiklash, yangi binolar va sovuqxonalar qurishni nazarda tutadi.

Hujjatda belgilanishiga ko‘ra, "Investstroy" kompaniyasi “O‘zagroeksport” tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini oldindan to‘lov, akkreditiv yoki birinchi klass bank garantiyasi talab qilinmagan holda eksport qilish mumkin bo‘lgan Rossiya kompaniyalari ro‘yxatiga kiritilgan.

Gruzovie furi na territorii terminala - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston birgalikda logistika markazi tashkil qilishni taklif qildi

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning avgust oyida tasdiqlangan ro‘yxatga Rossiyaning oltita yirik chakana savdo tarmoqlari kiritilgan — AO "Tander" (Magnit), X5 Retail Group (Perekrestok), GK "Xolidey" (Kontinent), va "Mariya-Ra", "Monetka",  "Chelni-xleb".

O‘zbekiston OAVlari xabariga ko‘ra OAO "Investstroy" 1992 yilda tashkil qilingan. Uning aksionerlari – O‘zbekiston xususiylashtirilgan kompaniyalarga yodam berish qo‘mitasi (60%) va Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan OOO “Algor” (40%). Kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishi ko‘chmas mulk obyektlarini boshqarish va ijaraga berishdan iborat.

Yangiliklar lentasi
0