Qirg‘iziston birgalikda logistika markazi tashkil qilishni taklif qildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy, STF / Mediabankka o‘tishGruzovie furi na territorii terminala
Gruzovie furi na territorii terminala - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston o‘z hududida savdo-logistika markazlari tashkil qilishni taklif qilmoqda.

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara oldi savdo hududi tashkil qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishmoqda, dedi Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri Artem Novikov.

Gruzovie furi na territorii terminala - Sputnik O‘zbekiston
Turklar O‘zbekistonda yirik logistika majmuasi quradi

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tashabbus to‘liq amalga oshishi va o‘z salohiyatini namoyish qilishi uchun, bugungi kunda savdo sohasida majud bo‘lgan to‘siqlarni bosqichma-bosqich bartaraf qilish kerak.

 

“Kelishuv va shartnomalarni amalga oshirish jarayonida, biz doimiy ravishda biznesda qanday muammolar paydo bo‘layotganini kuzatib boramiz va paydo bo‘layotgan muammolarni birin-ketin hal qilib boramiz, jumladan budjetni to‘ldirish va boshqa masalalarni ham”, — dedi vazir.

Undan tashqari Qirg‘iziston tomoni savdog‘iqtisodiy munosabatlarni Qirg‘iziston hududida savdo-logistika markazlari tashkil hisobidan kengaytirishni taklif qildi.

“Qirg‘iziston nafaqat mahalliy balkim butun YeOII miqyosida O‘zbekistonning ishonchli hamkoriga aylanadi. Bizning savdo-iqtisodiy munosabatlarimizda asosiy e’tibor o‘zaro raqobatga emas, balkim uchinchi mamlakat bozorlarini birgalikda egallab olishga qaratilishi kerak”, — dedi Novikov.   

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qirg‘iziston iqtisodiy munosabatlari jadal rivojlanib bormoqda. 2016-yilda mamlakatlar orasidaga savdo-sotiq hajmi 167,5 millionga yetgan bo‘lsa, 2017-yilning birinchi yarmidayoq ushbu ko‘rsatgich 146,7  million dollarni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 60 % o‘sish degani. Yaqin ikki yil orasida ushbu ko‘rsatgichni 500 mln dollarga yetkazish rejalashtirilgan.  

 

Yangiliklar lentasi
0