O‘zbekiston va Qirg‘iziston Mudofaa vazirliklari harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

© Press-slujba Minoboroni UzbekistanaVstrecha v Minoboroni Uzbekistana s delegatsiyey Kirgizstana
Vstrecha v Minoboroni Uzbekistana s delegatsiyey Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuv davomida ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o‘rtasida mudofaa sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan 2018-yilga hamkorlik rejasi imzolandi

TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Qirg‘iziston Respublikasi qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Rayimberdi Duyshenbiyev boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati.

Pervoe zasedanie mejvedomstvennoy Koordinatsionnoy rabochey gruppi mejdu MVD Respubliki Uzbekistan i MVD Kirgizskoy Respubliki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirliklari o‘zaro hamkorlikni boshladi
Uchrashuv davomida mudofaa sohasida o‘zbek-qirg‘iz hamkorligining bugungi holati va rivojlanishistiqbollari, shuningdek harbiy yo‘nalishda o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama etildi. Tomonlarning diqqat markazida Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash dolzarb vazifa ekani ta’kidlandi.

Mudofaa vaziri Azizov 2017-yil sentabr va dekabr oylarida Qirg‘iziston Respublikasi prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashriflari ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda muhim voqea bo‘lib qolganini aytib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o‘rtasida mudofaa sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan 2018-yilga hamkorlik rejasi imzolandi.

"Ishonchimiz komilki, harbiy sohadagi mustahkam normativ-huquqiy bazaning yaratilishi, qurolli kuchlarimiz uchun ahamiyatli bo‘lgan ikki tomonlama tadbirlarni rejalashtirish va o‘tkazishni amalga oshirishga yordam beradi. Ularning jangovar shayligini kuchaytirishda o‘ziga xos "tayyorlov maydoni"ni o‘tab, nafaqat ikki mamlakat xavfsizligini, balki butunmintaqadagi barqarorlikni saqlashga xizmat qiladi", – dedi o‘z nutqida O‘zbekiston mudofaa vaziri.

Mehmonlar, shuningdek, Qurolli Kuchlar akademiyasida harbiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda zamonaviy yondashuvlar bilan yaqindan tanishishdi.

© Press-slujba ministerstva oboroni UzbekistanaVstrecha v Minoboroni Uzbekistana s delegatsiyey Kirgizstana
Vstrecha v Minoboroni Uzbekistana s delegatsiyey Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Vstrecha v Minoboroni Uzbekistana s delegatsiyey Kirgizstana

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston mustaqillik yillarida qo‘shni Qirg‘iziston bilan do‘stlik munosabatlarni mustahkamlashga alohida e’tibor berib kelmoqda. Mamlakatlar o‘rtasida hamkorlik masalalarining mustahkamligi butun Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash va barqaror rivojlanishni ta’minlashda alohida o‘rin tutadi.

Bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasida tovar aylanmasi 250 million AQSh dollaridan ko‘proq mablag‘ni tashkil etadi. O‘zbekiston hududida qirg‘iz kapitali ishtirokidagi 57 ta korxona faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, Qirg‘izistonda 51 ta O‘zbekiston rezidentlari ishtirokidagi korxona tashkil etilgan. 

Yangiliklar lentasi
0