Mirziyoyev: O‘zbekiston transport loyihalari tarafdori

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev na sammite ShOS v Kitae
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev na sammite ShOS v Kitae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi, “O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy, Mozori Sharif – Hirot” temir yo‘li, “Markaziy Osiyo – Fors ko‘rfazi”, “Shimol – Janub” va “Sharq – G‘arb” transmintaqaviy transport aloqalari loyihalarni rivojlantirish tarafdori.

TOShKENT, 10-iyun – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining keng doiradagi muzokaralarida savdo va transport aloqalarini rivojlantirish, xavfsizlikni mustahkamlashga doir muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

O‘zbekiston Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishiga qo‘shilishi mumkin

“Joriy yil boshidan O‘zbekistonning ShHTga a’zo davlatlar, uning kuzatuvchilari va sheriklari bilan savdosi hajmi o‘ttiz foizdan ziyod oshdi. Lekin bu mavjud imkoniyatlarimizning cheki emas. 

Bizning fikrimizcha, tovar ayirboshlashni yanada o‘stirish uchun eksport-import tartib-taomillarini soddalashtirish kerak. 

Shuningdek, biz davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida agrosanoat klasterlarini shakllantirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishda yashil yo‘laklar tarmog‘ini kengaytirish tarafdorimiz», dedi Shavkat Mirziyoyev.  

Undan tashqari, Prezident o‘z nutqida, O‘zbekiston, transport va logistika munosabatlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi, “O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy, Mozori Sharif – Hirot” temir yo‘llari, “Markaziy Osiyo – Fors ko‘rfazi”, “Shimol – Janub” va “Sharq – G‘arb” transmintaqaviy transport aloqalari loyihalarni rivojlantirish tarafdori ekanini qayd etdi.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0