Rossiya fuqaroligini olish masalasi bo‘yicha onlayn xizmat ishga tushirildi

© Sputnik / Maksim BogodvidPasport RF
Pasport RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Ichki ishlar vazirligi saytida Rossiya fuqaroligini olish masalalari bo‘yicha onlayn xizmat ishga tushirildi. Bu xizmat turi Rossiya prezidenti Vladimir Putin topshirig‘iga asosan Rossiya fuqaroligini olish masalalari bo‘yicha murojaatlarni tezkorlik bilan ko‘rib chiqish uchun tashkil etildi.

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligi saytida Rossiya fuqaroligini olish masalalari bo‘yicha onlayn xizmat tashkil qilindi, deb xabar qildi ushbu vazirlik vakili Irina Volk.

Prezident RF Vladimir Putin otvechayet na voprosi rossiyan vo vremya yejegodnoy spetsialnoy programmi Pramaya liniya s Vladimirom Putinim - Sputnik O‘zbekiston
Putin qachondan boshlab Xudoga ishongan: katta selektorda yangragan yorqin javoblar

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu xizmat Rossiya prezidenti topshirig‘iga asosan Rossiya fuqaroligini olish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalari tezkorlik bilan hal qilish maqsadida tashkil etildi.

Shuningdek, saytda "Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi masalalari" maxsus bo‘lim yaratildi. Ushbu bo‘limda arizalarni ko‘rib chiqish tartibi va hujjatlar shakllari bo‘yicha kerakli ma’lumotlar joylashtirildi.

"Rossiya fuqaroligi olish bo‘yicha qiynchiliklar yuzaga kelgan holatlarda bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya IIV migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasiga murojaat qilish maqsadida bu onlayn-xizmat ishga tushirildi. "Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lmoqchiman" deb nomlangan banneri IIV sahifasida mavjud. Barcha murojaatlar tarmoq mutaxassislari tomonidan Rossiya qonunchiligida belgilangan muddatlar ichida o‘rganib chiqiladi", — deb ta’kidladi Irina Volk.

Yangiliklar lentasi
0