Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarmoqchi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishZaradka akkumulyatorov elektromobilya.
Zaradka akkumulyatorov elektromobilya. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birinchi bosqichda 15-20 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish va 100–150 ta ish o‘rinlari tashkil qilish mo‘ljallanmoqda. So‘ngra bir yilda mingta yirik uzelli elektromobillar (Shevrole Spark va Neksiyaga o‘xshash) yig‘ish mumkin bo‘ladi.

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Xitoyning Changan Automobile Group kompaniyasi O‘zbekistonda elektromobillar yig‘ish sexini qurish niyatida. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu kompaniya vakillari Innovatsion rivojlanish vazirligida uchrashuv o‘tkazdilar va Farg‘ona vodiysida joylashishi mumkin bo‘lgan elektromobillar yig‘ish sexini qurish niyatlari borligini ma’lum qildilar.

Innovatsiya vaziri o‘rinbosari Otabek Nazirov mazkur loyiha amalga oshirilishini jadallashtirish uchun bor imkoniyatlarni ishga solishga, tegishli tashkilotlar va davlat organlari bilan muloqotga amaliy yordam berib, qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.

Elektrokar Tesla prinadlejashiy dvum puteshestvennikam iz Shveysarii Magdalene i Benediktu - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zavtosanoat” elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha ish olib bormoqda

Tomonlar tez kunlarda hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolashga kelishib olishdi.

Birinchi bosqichda 15-20 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish va 100–150 ta ish o‘rinlari tashkil qilish mo‘ljallanmoqda. So‘ngra bir yilda mingta yirik uzelli elektromobillar (Shevrole Spark va Neksiyaga o‘xshash) yig‘ish mumkin bo‘ladi.

Ikkinchi bosqichda esa respublikadagi mavjud korxonalarning quvvatini jalb etgan holda ishlab chiqarish mahalliylashtiriladi hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qo‘shimcha ish o‘rinlari soni oshishiga erishiladi.

Changan Automobile Group Co Ltd eng ko‘p avtomobil ishlab chiqaruvchi Xitoy avtomobil kompaniyalarining “katta to‘rtligi”ga kiradi. Avtokompaniyaning Ford Motor, Suzuki Motor, Mazda Motor va PSA Peugeot Citroen kabi yirik konsernlar bilan qo‘shma korxonalari mavjud.

Yangiliklar lentasi
0