“O‘zavtosanoat” elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha ish olib bormoqda

© podrobno.uzElektrokar Tesla prinadlejashiy dvum puteshestvennikam iz Shveysarii Magdalene i Benediktu
Elektrokar Tesla prinadlejashiy dvum puteshestvennikam iz Shveysarii Magdalene i Benediktu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaqin ikki oyi ichida O‘zbekistonda elektromobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha respublika konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

TOShKENT, 31-may – Sputnik. “O‘zavtosanoat” kompaniyasida maxsus guruh elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda payshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan kompaniya rahbari Umidjon Salimovga tayanib “Daryo.uz” xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Salimov bir oy ichida Toshkentga Chevrolet Bolt elektrokari va Xitoyning JAC avtokompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektromobil keltirilishi kutilayotganligini ma’lum qilgan. Bu avtomobillar butun O‘zbekiston bo‘ylab — Andijondan tortib Qoraqalpog‘istongacha bo‘lgan yo‘llarda sinovdan o‘tkaziladi.

“Biz maxsus guruh tashkil etganmiz. Toshkentdagi Turin universiteti huzurida tashkil etilgan UzAuto Innovation Cyenter innovatsiya markazi elektromobillarni tatbiq etish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etishni masalalari bilan ham shug‘ullanadi. Biz uchun bu yangi yo‘nalish va bu bo‘yicha ishlayapmiz”, — deya ma’lum qilgan “O‘zavtosanoat” rahbari.

Finansoviy spetsialist Volvo Sherzod Djalilov - Sputnik O‘zbekiston
Volvodagi o‘zbek yigiti: kelajak elektromobillar va ishidan zavq oladigan yoshlarniki

Umidjon Salimovning qayd etishicha, yaqin ikki oyi ichida O‘zbekistonda elektromobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha respublika konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

“Elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha salohiyatli hamkorlar bilan bo‘lajak tegishli muzokaralar esa, katta ehtimol bilan, yarim yil ichida yakuniga yetadi. Chunki ‘O‘zavtosanoat”ning hozirgi hamkorlarining deyarli barchasi elektromobillar ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullanadi”, — deya qo‘shimcha qilgan Umidjon Salimov.

Ma’lum qilinishicha, elektromobillar uchun zarur infratuzilmani yaratish masalasi “O‘zavtosanoat”ning “O‘zbekenergo” kompaniyasi bilan muhokama mavzusidir.

“Bu juda murakkab masala. Bunga hozir birdan javob berish juda og‘ir. Ishlab chiqaruvchi sifatida aytishim mumkin bo‘lgani — biz elektromobillar ishlab chiqarish masalasi ustida hozirdanoq ishlayapmiz”, — degan “O‘zavtosanoat” rahbari.

Yangiliklar lentasi
0