Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida ishtirok etadi

© AP Photo / Mark SchiefelbeinPredsedatel KNR Si Szinpin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya seremonii privetstviya v Pekine
Predsedatel KNR Si Szinpin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya seremonii privetstviya v Pekine - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sammitda tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish, mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 8-10 iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Sindao shahrida o‘tadigan o‘n sakkizinchi majlisida ishtirok etadi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Vizit prezidenta RF V. Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Putin 9-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi

Sammitda tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish, mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, transport-kommunikatsiya sohasidagi aloqalarni faollashtirish masalalari hamda ko‘p tomonlama hamkorlikning boshqa jihatlari muhokama qilinadi.

O‘zbekiston rahbari ShHT sammiti doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

Ilgariroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin 9-iyun kuni ShHT sammiti maydonida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishi haqida xabar bergandik.

Ayni vaqtda ShHTga a’zo mamlakatlar: Rossiya, Xitoy, Pokiston, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston.

Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mongoliya kuzatuvchi-davlatlar maqomiga ega.

Yangiliklar lentasi
0