TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 9-iyun kuni ShHT sammiti maydonida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikki yoqlama uchrashuv o‘tkazadi.
Putin shuningdek, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy, Tojikiston va Pokiston yetakchilari bilan ham uchrashadi, deb xabar qildi dushanba kuni Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov.
"O‘zbekiston prezidenti (Shavkat) Mirziyoyev, Tojikiston prezidenti (Emomali) Rahmon, Eron prezidenti Ruhoniy, Pokiston prezidenti (Mamnun) Hussaynlar bilan suhbat o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz", — degan Ushakov jurnalistlarga.
Eslatib o‘tamiz, Shanxay Hamkorlik tashkiloti sammiti Xitoyning Sindao shahrida 9-10 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
Ayni vaqtda ShHTga a’zo mamlakatlar: Rossiya, Xitoy, Pokiston, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston.
Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mongoliya kuzatuvchi-davlatlar maqomiga ega.