Bikov: Singapur – o‘zbek mahsulotlari uchun uchinchi davlat bozorlariga chiqish kalitidir

© Fond GorchakovaDirektor po strategii i razvitiyu Rossiĭsko-Singapurskogo Delovogo Soveta Andrey Bikov
Direktor po strategii i razvitiyu Rossiĭsko-Singapurskogo Delovogo Soveta Andrey Bikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tarix fanlar doktori, Rossiya-Singapur biznes kengashi rivojlantirish va strategiyasi direktori Andrey Bikov Sputnik O‘zbekiston tahririyatiga yaqin kelajakda Singapur O‘zbekistonga iqtisodiy jihatdan nima bilan foydali bo‘lishi mumkinligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Ekspert fikriga ko‘ra, Toshkent o‘zining mahsulotlarini sotish uchun Singapurni bevosita to‘laqonli bozor sifatida ko‘rib chiqishi kerak emas.

Baxtiyor Ergashev - Sputnik O‘zbekiston
Ergashev: Markaziy Osiyo mintaqasini faqat tranzit loyihalari birlashtirishi mumkin

"Bunday rejalar deyarli muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Singapurda allaqaroch mahsulot yetkazib beruvchilar, bozorlar, mahsulotlar tuzilmasi hosil bo‘lgan, bundan tashqari qattiq sertifikatsiya talablariga ega. Biroq ushbu davlatda boshqa afzallik bor — bu yirik xab hisoblanadi, subshartnomalar va mahsulotlarni qayta sotish hisobiga uchinchi davlatlarga, ya’ni Malayziya va Indoneziyadan boshlab Yaqin Sharq, Afrika davlatlarigacha chiqish mumkin bo‘ladi", — deya o‘z fikrini bildirdi Bikov.

O‘zbekiston uchun singapurlik kompaniyalarining aloqalari yordamida o‘z mahsulotlarini boshqa bozorlarga olib chiqish bo‘yicha imkoniyat va yutuqlardan foylanish yanada foydali bo‘ladi deb qo‘shimcha qildi u.

Ekspert ta’kidlashicha, mamlakatlar boshqa masalalarda, masalan, sayyohlik, ta’lim va transport sohalarda yaqin hamkorlikni davom ettirishmoqda.

"Hamkorlik salohiyati juda katta", — deb xulosa qildi Bikov.

Bikov: Singapur dlya uzbekskix tovarov – klyuch k rinkam tretix stran

Hamkorlikning istiqbollari haqida batafsil bizning radiopodkastimizda tinglashingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0