Ergashev: Markaziy Osiyo mintaqasini faqat tranzit loyihalari birlashtirishi mumkin

Obuna bo‘lish
Toshkentdagi "Ma’no" tadqiqotchilik tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev so‘zlariga ko‘ra, 15-20 yildan so‘ng Markaziy Osiyo nafaqat Yevroosiyoning mintaqaviy yetakchisi bo‘ladi, balki butun dunyoning siyosiy xaritasida yetakchi o‘yinchi bo‘ladi.

TOShKENT, 8-may — Sputnik. Toshkentdagi "Ma’no" tadqiqotchilik tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev Markaziy Osiyo mintaqasi kelajagi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Prezidenti Uzbekistana i SShA - Shavkat Mirziyoyev i Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert Mirziyoyev AQShga nima uchun borishini aytdi

Ekspert fikriga ko‘ra, hozirgi vaqtda integratsiya umumiy loyihalari ko‘proq ikki tomonlama shaklda rivojlanmoqda. Hamkorlik o‘rniga ko‘proq raqobat kuzatilmoqda.

"Men Markaziy Osiyoda integratsiya faqat umumiy tranzit loyihalardan boshlanishi mumkinligi haqida anchadan beri aytib kelaman. Hozircha mamlakatlar o‘zlarining milliy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishmoqda. Ba’zan ular qarama-qarshi bo‘lib, umumiy rivojlanishga xalaqit berib kelgan. Biroq hozirda ularni birlashtirish va bir-birini to‘ldirish jarayoni boshlandi. Men aminmanki, 15-20 yildan so‘ng yuz millionlik Markaziy Osiyo nafaqat Yevroosiyoda yetakchi mintaqa bo‘ladi, balki butun dunyoda yetakchi bo‘lib, uchta kuch — Rossiya, AQSh va Xitoy o‘rtasida o‘z munosabatlarini belgilab oladi", — deb ta’kidladi Baxtiyor Ergashev.

Ekspert mintaqa demografik va energetik salohoyatga ega ekanligi, uni mintaqa va barcha davlatlar foydasiga ishlatish zarur.

Yangiliklar lentasi
0