TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Toshkentda 7-iyun kuni Xalqaro Press-klub maydonida "Homiylik: yangi an’analarni shakllantirish" mavzusida muloqot o‘tkaziladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Tadbir tashkilotchilari — Oliy Majlis Senati va Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlashtirish jamg‘armasi.
Tadbirda Oliy Majlis Senat raisi birinchi o‘rinbosari Sadiq Safoyev, Madaniya vaziri Baxtiyor Sayfullayev va Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlashtirish jamg‘armasi direktori o‘rinbosari Gayane Umerova spiker sifatida ishtirok etadilar.
Tadbir doirasida respublikada homiylik madaniyatini takomillashtirish, xorijiy davlatlar tajribasi asosida homiylik madaniyati shakllantirish va targ‘ibot qilish, o‘zbek madaniyatida mavjud bo‘lgan hayriya va o‘zaro yordam berish qadriyatlarini yanada rivojlantirish, bu borada madaniyat sohasidagi mutaxassislari, hukumat va biznes vakillari, ijodkorlar va boshqa manfaatdor shaxslarni birlashtirish masalalari keng muhokama qilish rejalashtirilgan.
Muzokaralar davomida mamlakatda xayriya ishlarini rivojlantirish uchun meyoriy huquqiy ta’minot, davlat va biznesning madaniy ko‘mak faoliyat sohalarini, ularning o‘zaro munosabatlari va mas’uliyatlarini yanada aniqroq taqsimlash, shuningdek, O‘zbekistonda homiylik qiluvchilarning asosiy guruhlarini aniqlash masalalari muhokama qilinadi.
Ta’kidlanishicha, yangi qonun qabul qilinishi homiylik ishlaridagi ishtirokchilarni qayd etish va ularni rag‘batlashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, qonun homiylik yordamini oluvchilar tomonidan hisobot topshirish mexanizmi ham nazarda tutadi. Bu o‘z navbatda homiylik qiluvchi shaxslarga ularning mablag‘lari mo‘ljallangan maqsadlarda sarflanayotganligiga ishonch hosil qilishlariga yordam beradi.