NATO Afg‘onistondagi maqsadlari haqida bayonot qildi

© Foto : NATOShtab-kvartira NATO v Brussele
Shtab-kvartira NATO v Brussele - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Bizning maqsadimiz - toliblar jangovar harakatlarni davom ettirishdan ko‘ra, muzokaralar foydaliroq ekanligini tushunmoqlari lozim", - deb bayonot qilgan NATO bosh kotibi

TOShKENT, 6-iyun – Sputnik. NATO afg‘on kuchlarini o‘qitish, tayyorgarligini oshirish jarayonida, shu jumladan, toliblarni jangovar harakatlardan voz kechishga undab, ularni muzokaralar stoli atrofida jamlanishiga yordam bermoqda, dedi chorshanba kuni jurnalistlarga alyan Bosh kotibi Yens Stoltenberg.

Afganskie sili bezopasnosti pribivayut na mesto napadeniya i obstrela v Kabule - Sputnik O‘zbekiston
Shoygu Afg‘onistondagi vaziyatni nostabil deb hisoblaydi

U chorshanba kuni 7-8 iyun kunlari Brusselda alyansga a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlari uchrashuvi arafasida matbuot-anjumani o‘tkazdi.

"Afg‘oniston xavfsizlik kuchlariga ko‘mak berib kelayotganimiz sabablari shundan iboratki, toliblar jang maydonida g‘alaba qozona olmasliklarini tushunmoqlari va shu tariqa muzokaralar uchun zamin yaratilishini ta’minlashdan iborat, toliblar jangovar harakatlarni davom ettirishdan ko‘ra, muzokaralar foydaliroq ekanligini tushunmoqlari lozim", — deb bayonot qilgan bosh kotib.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston o‘z hududida Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari harbiy askarlarini joylashtirish qarorini ma’qullagani haqida xabarlar tarqatildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, BAA va Qatar harbiy bo‘linmalari NATOning "Qat’iy ko‘mak" missiyasi doirasida, Afg‘oniston qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlash va o‘qitish, ularga tegishli maslahatlarni berib borish maqsadida joylashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0