Shavkat Mirziyoyev askarlarning qanday kitob o‘qigani bilan qiziqdi

© Foto: press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil odnu iz voinskix chastey Vostochnogo voyennogo okruga.
Shavkat Mirziyoyev posetil odnu iz voinskix chastey Vostochnogo voyennogo okruga. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qurolli kuchlar davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgan bir vaqtda, prezident askarlarning ma’naviy tarbiyasiga ham e’tibor qaratdi.

TOShKENT, 20-may – Sputnik. Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 20-may kuni Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qismlardan biriga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Qurolli kuchlar eng zamonaviy texnika bilan jihozlanayotgan, oziq-ovqat sifati yaxshilanayotgan, davlat tomonidan ko‘plab imtiyozlar berilayotgan va har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgan bir vaqtda, Shavkat Mirziyoyev askarlarning ma’naviy tarbiyasiga ham e’tibor berdi. Xususan, prezident askarlarning qanday kitob o‘qigani bilan qiziqdi.

“Harbiy xizmatchilarning bir daqiqa vaqtiyam bekor o‘tmasligi kerak. Jismoniy mashg‘ulotlar bilan birga har kuni o‘qishi, chet tilini o‘rganishi, dunyoqarashini kengaytirishi zarur. Vatan himoyachisi degan nomga har kuni munosib bo‘lishi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, harbiy qismda shaxsiy tarkibning jangovar mahoratini oshirishi, sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Dam olish kunlarida bu yerda olimlar va san’atkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi, spektakllar namoyish etiladi. 

Shavkat Mirziyoyev shu yerga to‘plangan askarlar, ziyolilar bilan suhbatlashdi.

Armiyani moddiy jihatdan ta’minlayapmiz, zamonaviy texnika va aslahalar bilan qurollantirapmiz. Ammo shaxsiy tarkibning ma’naviy-ruhiy tayyorgarligiga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Jismoniy va jangovar holatni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha poligonlar, mashg‘ulotlar bor. Xuddi shunday, askarlar ma’naviyati, ruhan baquvvatligi bo‘yicha ham katta tayyorgarlik bo‘lishi kerak”, — dedi prezident.

Tashrif yakunida, Shavkat Mirziyoyev soha mutaxassislariga harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ruhiy tayyorgarligini oshirishga doir qaror ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

Yangiliklar lentasi
0