Endi u "Milliy": Toshkentda "Bunyodkor" stadioni nomi o‘zgartirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStadion Bunedkor
Stadion Bunedkor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu xabar internet tarmog‘i foydalanuvchilari tomonidan juda qizg‘in muhokama qilinmoqda

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. Toshkentning eng hashamatli stadioni "Bunyodkor" nomi "Milliy" etib o‘zgartirildi.

Bu haqda mahalliy OAVlarda hamda Toshkent shahar hokimligi rasmiy saytida xabar qilindi.

Plan stroitelstva novogo stadiona Paxtakor so vsey prilegayushey infrastrukturoy - Sputnik O‘zbekiston
Yangi “Paxtakor” stadioni xorijiy kompaniya loyihasi asosida quriladi

Joriy yilning 16-mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzolagan.

Hujjatda "Bunyodkor" stadionining butun majmuasi va inshootlari futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini tashkil etish va sport musobaqalari hamda boshqa tadbirlarni o‘tkazishda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining asosiy bazasi hisoblanishi belgilab qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2012-yilning sentabrida ochilgan "Bunyodkor" stadioni o‘z ichiga 34 ming tomoshabinni sig‘dira oladi.

Yangiliklar lentasi
0