TOShKENT, 30 okt — Sputnik. "Paxtakor" futbol klubi poytaxtda barcha kerakli infraqurilmalarga ega bo‘lgan va zamonaviy talablarga javob beradigan yangi stadion qurishni niyat qilgan, deb xabar qilmoqda klub matbuot xizmati.
“Paxtakor” futbol klubi rahbariyati chet ellik loyihachi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bormoqda. Ular orasida Turkiyaning Renaissance Construction, Germaniyaning Arena Com, Avstriyaning Oberhofer Stahlbau va Portugaliyaning Saraiva+Associados muhandislik kompaniyalari bor.
Yuqorida keltirilgan kompaniyalardan faqat Oberhofer Stahlbau ning O‘zbekistonda ishlash tajribasi bor. Avstriyalik mutaxassislar Forumlar saroyi va "Bunyodkor" stadionini qurishda ishtirok etishgan.
Ayni damda bo‘lajak stadionning dastlabki konsepsiyalari “Paxtakor” futbol klubi sarmoyadori — SFI Management Group kompaniyasiga taqdim etilgan.