Peterburg O‘zbekiston va Tojikistondan 50 ming nafar migrantni kutmoqda

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishInostrannie rabochie
Inostrannie rabochie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburg mehnat va bandlik qo‘mitasi raisi Dmitriy Cherneyko rasman ishga joylashishning afzalliklari haqida o‘z fikrlarini bildirdi va Samarqandda migrantlar uchun ish beradigan ikkita markaz ish boshlashini ma’lum qildi

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Samarqand viloyati filialida yuzlab fuqarolar saralash bosqichidan o‘tgan va Peterburgga ishga yuborilgan. Bu haqda "Izvestiya" nashriga bergan intervyusida Sankt-Peterburg mehnat va bandlik qo‘mitasi raisi Dmitriy Cherneyko ma’lum qildi.

Deportatsiya qilingan migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadan 5,5 mingdan ziyod migrant deport qilindi
Peterburgga migrantlar kerakmi?

"Rossiyada barchani "bizga migrantlar kerakmi" degan savol qiziqtiradi. "Ular kelib ish topishibdi-mi, demak kerak. Umuman olganda shaharda mehnat resurslari tanqisligi mavjud. Mehnat bilan band bo‘lgan 1 mln kishi orasida viloyatlardagi hamurtlarimiz ham, chet elliklar ham bor. Ularning kvalifikatsiyasi ham turlicha. Top-menejerlardan, muhandislardan, malakati IT-mutaxassislaridan tortib, dvornik va yordamchi ishchilargacha", — deydi Cherneyko.

U shuningdek, O‘zbekistondan Peterburgga kelib ishlayotgan O‘zbekistonliklar soni 140 ming nafarni tashkil etishini aytdi.

Rossiyaga ishga yuboradigan markazlar yana ikkitaga ko‘payadi

Samarqanddagi mehnat migrantlarini uyushqoqlik bilan Rossiyaga ishga jo‘natadigan markaz haqida to‘xtalar ekan, Cherneyko, O‘zbekistonda yana ikkita shunday markaz ochilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

"Markazda rus tilidan imtihon topshirishadi, tekshiruvlardan o‘tishadi, shu jumladan tibbiy tekshiruvlardan ham, hujjat rasmiylashtirib, sug‘urta va chipta xarid qilishadi. 2015-yildan buyon xuddi shunday markazlar Tojikistonda ham faoliyat yuritib kelmoqda. Shu tariqa, O‘zbekistonda ushbu punktni ochib vizasiz mamlakatlardan kirib kelayotgan 90%dan ortiq xorijliklarni qamrab oldik", — degan suhbatdosh.

Cherneyko yil oxirigacha Peterburgga uyushqoqlik bilan jalb qilish dasturi orqali 50 ming kishi kelishiga umid bildirmoqda.

Maqsad nima: daromadmi yoki?… 

"Bizning vazifamiz — migrantlar oqimini imkon darajada qonuniylashtirish va bu oqimning Sankt-Peterburgdagi ish beruvchilar talabiga haqiqatda mos keladigan qilish. Bu migrantlar huquqi bilan bir qatorda peterburgliklar manfaati nuqtayi-nazaridan juda muhim. Qolaversa, korxonalarimiz kadrlar bilan ta’minlanadi, soliqlar — patent uchun to‘lovlar kelib tushadi. O‘tgan yil Sankt-Peterburg budjeti patent asosida mehnat qilayotgan migrantlar evaziga 6,6 milliard rubl daromad ko‘rdi", — deydi u.

Uyushqoqlik bilan jalb qilish afzalliklari

Cherneykoga ko‘ra, O‘zbekiston viloyatlaridagi migrantlarni tayyorlash (kasbga o‘qitish) markazlari migrantlar uchun koni foyda.

Posetiteli v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migrantlari bankdan olgan imtiyozli kreditini qanday qaytaradi
"O‘zbekistonda, saralash bosqichidan o‘tayotgan vaqtda ular aniq ish joylarga tayyorlanadi, kerak bo‘lsa, qisqa vaqt kasbga o‘qitiladi. So‘ngra aeroportda kutib olinadi va ish beruvchi bilan uchrashtiriladi. Ularga hujjat tayyorlashda ham yordam ko‘rsatiladi. Bu ishlardan biz ham foyda ko‘ramiz — qonunchilikka rioya etilishi kafolatini olamiz. Ya’ni barchaga tushunarli bo‘lgan yashil koridor vujudga keltiriladi. Keyingi bosqichda uyushqoqlik asosida kelgan chet ellik ishchilar boshpana bilan ta’minlanadi.

To‘g‘ri, qonuniy yo‘l bilan Rossiyaga kelgan migrantlar soliq to‘laydilar. Aks holda, ular baribir o‘rtakashlarga pul berishga majbur bo‘ladilar. Ammo o‘rtakashga murojaat qilgan migrant nafaqat qonunni buzadi, balki 5-10 yilga Rossiyaga kirish huquqidan mahrum etilishi mumkin. Bundan tashqari, biror kor-xol ro‘y berganda yoki ish beruvchi yoki o‘rtakash tomonidan uning huquqlari poymol etilganda himoyaga ega bo‘lmaydi. Shu bois, qonuniy ishga kelishning afzalliklari ko‘p".

So‘nggi vaqtlarda ish beruvchilarning aksariyati uyushqoqlik bilan ishga jalb qilish tizimiga katta qiziqish bildirishmoqda, deydi Cherneyko. "Ammo qonuniy sxema foydaliligini ular anglab yetishlari uchun hali katta ishlarni amalga oshirish kerak", deb qo‘shimcha qilgan u.

Yangiliklar lentasi
0