TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Moskva shahrida 5-25 may sanasi oralig‘ida "Nolegal-2016" va "To‘siq-2016", tozalash profilaktik operatsiyalari o‘tkazilgan edi. Sputnik Tojikiston xabari asosida.
"Ushbu operatsiyalar davomida har kuni besh yarim mingga yaqin politsiyachi, 1350ga yaqin tezkor-qidiruv guruhi hodimlari ish olib borishdi. Operatsiya davomida bozorlar, savdo markazlari, avtomobil sozlash shahobchalari, garaj majmualari, yashash joylari hamda vaqtincha bo‘sh inshootlar ko‘rikdan o‘tkazildi, umumiy hisobda 36 mingga yaqin obyektlar tekshirildi”, — deyiladi materialda.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan 362ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, umumiy hisobda 36 milliondan ziyod jarima undirilgan.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasidan 5,5 mingdan ziyod nolegal migrantlar chiqarib yuborilgan.