Sirg‘ali tumani Xalq ta’limi bo‘limi xodimi pora olgan mahalida qo‘lga tushdi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri i moneti raznix stran
Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalq ta’limi bo‘limi xodimi huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tezkor operatsiya davomida qo‘lga olingan

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Sirg‘ali tumani Xalq ta’limi bo‘limi xodimi firibgarlik yo‘li bilan pora olayotgan mahalda qo‘lga olindi, deb xabar berdi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi eng korrupsiyalashgan tashkilot va muassasalar ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xabariga ko‘ra, joriy yilning 29-may kuni IIVga murojaat qilgan fuqaroning arizasi yuzasidan Vazirlik Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hamda Toshkent shahar prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Sirg‘ali tumani Xalq ta’limi bo‘limi xodimi M.B. Sirg‘ali tumanining 7-mavzesida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarodan o‘zi mas’ul bo‘lgan tuman hududidan jami 120 mln. so‘mlik kapital ta’mirlash ish hajmini hal qilib berish evaziga 400 AQSh dollari miqdorida pul olgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0