O‘zbekistondagi eng korrupsiyalashgan tashkilot va muassasalar ma’lum bo‘ldi

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlar tadbirkorlar orasida “O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhiti – tadbirkorlar nigohida” mavzusida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga asoslangan.

TOShKENT, 1 fev – Sputnik. O‘zbekistonda poraxo‘rlik va ta’magirlik borasida ichki ishlar va banklar yetakchilik qilmoqda, deb xabar berdi nuz.uz "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tadqiqotlariga tayanib.

Aytilishicha, 12ta hududiy nazorat va boshqaruv organlari ichida korrupsiya, poraxo‘rlik va ta’magirlik holatlari qayd etilishi borasida so‘rovda ishtirok etganlarning 25,7 va 21,4 foizi mos ravishda yuqoridagi ikki muassasani ko‘rsatgan.

Jenshina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Pora olayotib ushlangan mansabdorning xonasidan yana 10,5 mln so‘m chiqdi

So‘rovda qatnashganlarning fikricha, keyingi o‘rinlarda sudlar (19,6%) va prokuratura organlari turadi (19,5%).

Respondentlarning 13%i soliq organlarida, 11,5%i bojxona organlarida ta’magirlik tez-tez uchrashini bildirgan.

So‘rovda qatnashganlarning 5,7 foizi shahar va tuman hokimiyatlarida, 5,1 foizi litsenziyalash va sertifikatlashtirish bilan shug‘ullanuvchi organlarda, 3,8 foizi mahalla va xususiy uy-joy mulkdorlar shirkatida, 2,4 foizi ekologik nazorat xizmatlarida poraxo‘rlik holatlari mavjudligini ko‘rsatgan.

Shu bilan birga, so‘rovda ishtirok etgan tadbirkor va fermerlarning 22,4 foizi shahar hokimiyatlari xizmatlari tomonidan korrupsiya holatiga duch kelmaganini bildirgan, 43,2 foizi esa buni kam uchraydigan holat deb baholagan.

"Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining bildirishicha, so‘rovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan 1100 nafar tadbirkor qatnashgan. Qatnashchilarning 80,1%i erkaklar, 19,9%ini ayollar tashkil etadi.

Dilshodbek Asqarov tarjimasi.

Yangiliklar lentasi
0