Tashkent City qurilishida xalqaro kompaniyalar hamkorlik qilmoqda

Prezident osmatrivayet proyekt Tashkent City
Prezident osmatrivayet proyekt Tashkent City - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda mazkur zamonaviy markaz qurilishi yettita lotda jadal olib borilmoqda. Hozirgacha 42 ming kub metr tuproq ishlari bajarilgan, yer osti monolit qoplamalarini mustahkamlash yakunlangan.

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Xorijiy investorlar "Tashkent City" loyihasida ishtirok etishga katta qiziqish bildirmoqda. Bugungi kunda "Tashkent City" ma’muriy kengashi tomonidan qariyb 10 sarmoyador subyekt bilan hamkorlik tasdiqlangan. Ular orasida Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya kabi davlatlarning yirik qurilish kompaniyalari bor, deb yozadi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Proyekt delovogo sentra Tashkent City - Sputnik O‘zbekiston
"Tashkent city" xalqaro ishbilarmonlik markazi loyihasi yanada takomillashtiriladi

Bugungi kunda mazkur zamonaviy markaz qurilishi yettita lotda jadal olib borilmoqda. Hozirgacha 42 ming kub metr tuproq ishlari bajarilgan, yer osti monolit qoplamalarini mustahkamlash yakunlangan.

O‘zbekiston rahbari mazkur biznes markazi qurilishining borishi bilan tanishdi. Quruvchi va muhandislar, xorijlik mutaxassislar bilan suhbatlashdi.

Mehmonxona va kongress-xolda xalqaro tadbirlarni o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratish, zallarni bezatish va jihozlashda milliyligimizga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil aprelida ham bu yerga tashrif buyurib, inshootlarni zamonaviy va sifatli qilib qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.

Tashkent City xalqaro biznes markazi Toshkent shahrining Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘ida bunyod etilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0