Sevsang ketmaysan: migrantlarga rossiyalik xotinlaridan uzoqda yashash taqiqlanadi

Obuna bo‘lish
Ishlab chiqilgan loyiha o‘zaro turmush qurishga to‘sqinlik qilmaydi. Faqat hisob-kitob bilan oila qurganlar uchun muammo paydo bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 31-may — Sputnik. Rossiyaning qonun loyihalari bo‘yicha hukumat komissiyasi soxta nikohlarni yo‘qqa chiqaruvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi.

Xorijlik fuqarolarning huquqiy holati haqidagi qonunga kiritiladigan o‘zgarishlar chet ellik erlarning oiladan uzoqda bo‘lishlarini taqiqlaydi. Migratsiya xizmati buni qat’iy nazoratga oladi.

"Loyiha soxta nikohlar qayd etilishini kamaytirishga qaratilgan, — dedi yuristlar assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Vladimir Gruzdev "Rossiyskaya gazeta" bilan suhbatda. — Aksariyat xorijlik fuqarolar mamlakatimizda yashashga belgilangan kvotadan tashqari ruxsat olish uchun soxta nikohlardan foydalanishmoqda".

Ishlab chiqilgan loyiha o‘zaro turmush qurishga to‘sqinlik qilmaydi. Faqat hisob-kitob bilan oila qurganlar uchun muammo paydo bo‘lishi mumkin.

Remont v kvartire, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Voronejlik ayol bepul remont uchun tojik erkakka turmushga chiqdi

"Tabiiyki, insonning o‘z oilasi bilan yashash huquqi hech qachon gumon ostiga olinmaydi, — ta’kidladi Vladimir Gruzdev. — Ammo oilani muhofaza qiladigan meyorlar vijdonsiz fuqarolar tomonidan suiiste’mol qilinmasligi lozim".

Masalan, yaqinda Permda yashovchi ayolning soxta nikohi ma’lum bo‘ldi.

Prokuraturaning aniqlashicha, ayol xorijlik fuqarolardan biri bilan turmush qurgan. Buning uchun u besh ming rubl pul olgan. Ular bir kun ham birga yashashmagan, birgalikdagi mulki ham bo‘lmagan. Ammo xorijlikning pasportidagi muhr unga doimiy yashash uchun da’vogarlik maqomini bergan.

Perm o‘lkasi prokuraturasining ma’lum qilishicha, prokuror tuman sudiga nikohni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida so‘rov yo‘llagan. Sud bu so‘rovni qanoatlantirgan. Bunday holatlar butun mamlakat bo‘yicha oshib bormoqda.

"Xorijlik fuqaro yashash joyini o‘zgartirish huquqiga ega bo‘lmaydi va ayniqsa boshqa hududga ko‘chib ketishga, — dedi Vladimir Gruzdev. — Agarda oilaviy sharoit tufayli ko‘chish zaruriyati tug‘ilsa, u holda rozilik jarayoni ko‘zda tutiladi".

Gruzdevning ta’kidlashicha, bu qonun Rossiya fuqarolarining mamlakat bo‘ylab harakatlanishlarini taqiqlamaydi.

Yangiliklar lentasi
0