TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Rossiyaning Voronej viloyati prokuraturasi soxta nikohni bekor qilish uchun sudga murojaat qildi, deb xabar qilmoqda prokuratura matbuot xizmati.
Rossiyalik ayol va tojikistolik erkak orasidagi nikoh 2015-yilda tuzilgan. Nikohning asl maqsadi: ayol erkakka Rossiyada vaqtincha yashash huquqi beruvchi hujjat olishda yordam beradi, erkak esa buning evaziga ayolni uyini ta’mirlab berishi kerak bo‘ladi.
2016 yilda Federal migratsiya xizmati tojikistonlik erkakka mamlakatda vaqtinchalki yashash huquqi beruvchi hujjat beradi.
Keyin esa eru-xotin birga yashamasligi, umumiy xo‘jalik yuritmasligi va ularda eng boshidanoq oila qurish maqsadi bo‘lmagani aniqlanadi.
Ayni damda soxta oila sud qarorini kutib yashamoqda.