Rossiyaning Omsk viloyatiga 20 tonna o‘rik va gilos kiritilmadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishRabochie gruzat tovar v furu, arxivnoe foto
Rabochie gruzat tovar v furu, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondan keltirilayotgan mevalar uchun kelib chiqish mamlakatining fitosanitar sertifikati mavjud bo‘lmagan, Qozog‘istondan keltirilayotgan mahsulotlarning fitosanitar sertifikati esa haqiqiy bo‘lmagan.

TOShKENT, 31-may – Sputnik. Rosselxoznadzorning Omsk viloyati boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston va Qozog‘istonda yetishtirilgan umumiy og‘irligi 21,5 tonna bo‘lgan mevalarning Rossiyaga olib kirilishi to‘xtatib qolindi. Bu haqda Veterinar va fitosanitar nazorati federal xizmatining Omsk viloyati boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Sbor urojaya chereshni i vishni - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondan Rossiyaga keltirilgan gilos va o‘riklar ortga qaytarib yuborildi

Xabarda aytilishicha, 30-may kuni Rossiya-Qozog‘iston chegarasidagi “Belostok” postida O‘zbekistonda yetishtirilgan 20 tonna miqdoridagi gilos va o‘rik hamda Qozog‘istonda yetishtirilgan 1,5 tonna miqdoridagi pomidor, olma va o‘rik mahsulotlarining Rossiyaga olib kirilishiga ruxsat berilmagan.

Tekshiruvda aniqlanishicha, O‘zbekistondan keltirilayotgan mevalar uchun kelib chiqish mamlakatining fitosanitar sertifikati mavjud bo‘lmagan, Qozog‘istondan keltirilayotgan mahsulotlarning fitosanitar sertifikati esa haqiqiy bo‘lmagan.

Ushbu holat yuzasidan yuk tashuvchilarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan va mevalar ortilgan transport vositalari ortga qaytarilgan.

Yangiliklar lentasi
0