O‘zbekistondan Rossiyaga keltirilgan gilos va o‘riklar ortga qaytarib yuborildi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishSbor urojaya chereshni i vishni
Sbor urojaya chereshni i vishni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan keltirilgan meva-sabzavot mahsulotlari ham qaytarilgan

TOShKENT, 22-may – Sputnik. O‘zbekistondan keltirilgan 23 tonna gilos va 17 tonna o‘rik Novosibirsk viloyatida to‘xtatib qolindi va Rossiya hududiga kiritilmadi. Bu haqda Rosselxoznadzor saytida xabar qilindi.

Luk na ovoshnom sklade. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston piyoz eksport hajmini ko‘paytiradi

Xabarda aytilishicha, Novosibirsk, Novokuznesk va Krasnoyarsk bozorlarida sotilishi ko‘zda tutilgan ushbu mahsulotlar markirovkasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar fitosanitariya hujjatidagi ma’lumotlarga mos kelmagan.

Bundan tashqari, Qozog‘istondan keltirilgan 44 tonna piyoz, 40 tonna o‘rik va 14 tonna bodring hamda Qirg‘izistondan keltirilgan 21,6 tonna piyoz va 19,8 tonna lavlagi mahsulotlarida  yuklarning markirovskasi qisman yo‘q holatda bo‘lgan.

Muassasaning bildirishicha, karantin qonunchiligiga ko‘ra bu mahsulotlarning Rossiya hududiga olib kirilishi taqiqlangan. Barcha yuklar jo‘natuvchilarga qaytarilgan, aybdor shaxslar esa qonunchilikka ko‘ra ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Yangiliklar lentasi
0