Kamilov Moskvada Lavrov bilan uchrashdi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishVstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova
Vstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya kun tartibidagi bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

TOShKENT, 30-may — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Kamilov Rossiyaga amaliy tashrif bilan keldi hamda “Primakov o‘quvlari” xalqaro forumida ishtirok etdi.

Kamilov: voyennogo resheniya situatsii v Afganistane net - Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz Kamilov "Primakov o‘quvlari" forumida ishtirok etadi

"O‘zbekiston TIV rahbari jahonda e’tirof etilgan ilmiy-ekspertlik maydonidan biri va yirik olim-sharqshunos, Rossiyaning atoqli davlat va jamoat arbobi, sobiq bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri xotirasiga bag‘ishlangan forumning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi bilan S.Lavrovni tabrikladi”, - deyiladi xabarda.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya kun tartibidagi bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Avvalo Toshkent shahrida kuz oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin uchrashuvi kun tartibi yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.

Muzokaralarda Rossiya prezidentining O‘zbekistonga bo‘lajak davlat tashrifi ittifoqlik va strategik sheriklikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish, unga aniq va uzoq muddatli tus berish uchun alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Shuningdek, vazirlar tomonidan ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0