Abdulaziz Kamilov "Primakov o‘quvlari" forumida ishtirok etadi

Obuna bo‘lish
2018 yilda bo‘lib o‘tadigan "Primakov o‘quvlari"ning mavzusi - "O‘zgaruvchan dunyo muvozanati tahdidlari" deb belgilangan. Unda 22 xorijiy mamlakatdan 65 nafar yetakchi ekspert va diplomatlar ishtirok etadi.

TOShKENT, 27-may — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Adulaziz Kamilov 28-30 may kunlari Moskvaga tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

"2018-yilning 28-30-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi va "Primakov o‘quvlari" an’anaviy xalqaro forumida ishtirok etadi hamda nutq so‘zlaydi", — deyilgan xabarda.

Shuningdek, A. Kamilov Moskvada ikki tomonlama uchrashuvlarda ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.

"Primakov o‘quvlari" (Primakovskie chteniya) — Rossiya davlat arbobi va akademigi Yevgeniy Primakov nomini olgan, har yili Moskvada o‘tkaziladigan xalqaro forumdir.  Unda butun dunyoda ko‘zga ko‘ringan ekspertlar, siyosatchilar va diplomatlar ishtirok etib, shu kunning muhim siyosiy va iqtisodiy muammolarni muhokama qilishadi, fikr almashishadi.

2018 yilda bo‘lib o‘tadigan "Primakov o‘quvlari"ning mavzusi — "O‘zgaruvchan dunyo muvozanati tahdidlari" deb belgilangan. Unda 22 xorijiy mamlakatdan 65 nafar yetakchi ekspert va diplomatlar ishtirok etadi.

 

Yangiliklar lentasi
0