Botir Parpiyevning TIVda ishlaydigan o‘g‘li ishdan olindi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dilshod Parpiyev o‘tgan yilning dekabrida Tashqi ishlar vazirligining konsullik huquqiy departamenti boshlig‘i etib tayinlangandi.

TOShKENT, 29-may — Sputnik. O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasining sobiq raisi Botir Parpiyevning o‘g‘li Dilshod Parpiyev TIV konsullik huquqiy departamenti boshlig‘i lavozimidan bo‘shatildi, deb xabar berdi "Novosti Uzbekistana" portali.

Ushbu lavozimga ilgari O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi sifatida ishlagan Ulfat Kadirov tayinlangan.

Dilshod Parpiyev o‘tgan yilning dekabrida Tashqi ishlar vazirligining konsullik huquqiy departamenti boshlig‘i etib tayinlangandi.

Botir Parpiyev shu yilning 11-may kuni davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimidan iste’foga chiqqandi.

Yangiliklar lentasi
0