Kelib chiqishi noma’lum oq qum O‘zbekistondan keyin Turkmanistonni ham qoplab oldi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Ashxabad
Goroda mira. Ashxabad - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yakshanba kuni O‘zbekiston poytaxtida kuchli shamol ko‘tarilib, atrof ko‘rinishi oq-sarg‘ish qum bilan qoplangan edi

TOShKENT, 28-may — Sputnik, Omongeldi Nurmuradov. Dushanba kuni ertalab kelib chiqishi noma’lum oq qum Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrini qoplab oldi, deb xabar qildi RIA Novosti muxbiri.

Posledstviya afrikanskoy peschanoy buri na yuge Rossii. - Sputnik O‘zbekiston
To‘fon tufayli Urgenchga uchgan samolyotlar boshqa aeroportlarga qo‘nishga majbur bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni O‘zbekiston poytaxtida kuchli shamol ko‘tarilib, atrof ko‘rinishi oq-sarg‘ish qum bilan qoplangan edi.

Ashxobodning mahalliy aholisi so‘zlariga ko‘ra, kuchli qumli to‘fonlar Turkmaniston poytaxtini oldin ham qoplagan, ammo qum shahar ustida xuddi tumanga o‘xshab osilib turishi holati ilk marotaba kuzatilmoqda.

Aytilishicha, sal keyinroq Turkmanistonning boshqa hududlaridan ham chang yuzasidan shikoyatlar kelib tushgan.

Turkmaniston milliy Gidrometeorologiya qo‘mitasi va mahalliy OAVlar ushbu holatga izoh bermayaptilar. O‘z navbatida, Markaziy Osiyo mamlakatlari mahalliy nashrlari, ushbu qumli to‘fon sababi etib, Orol dengizidan ko‘tarilgan va Turkmaniston hamda O‘zbekistonni qoplab olgan tuzli to‘fonni ko‘rsatishgan.

 

Yangiliklar lentasi
0