To‘fon tufayli Urgenchga uchgan samolyotlar boshqa aeroportlarga qo‘nishga majbur bo‘ldi

© Sputnik / Nina ZotinaPosledstviya afrikanskoy peschanoy buri na yuge Rossii.
Posledstviya afrikanskoy peschanoy buri na yuge Rossii. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston shimoli-g‘arbida ko‘tarilgan kuchli chang to‘foni tufayli samolyotlar zahira aeroportlarga qo‘nishga majbur bo‘ldi.

TOShKENT, 27-may – Sputnik. O‘zbekiston havo yo‘llarining “Toshkent – Urgench – Moskva” yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lga chiqqan samolyoti Buxoroda qo‘nishga majbur bo‘ldi, deb xabar qilmoqda komaniya matbuot xizmati.

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, bunga Urgench aeroporti hududida ko‘tarilgan kuchli chang to‘foni sabab bo‘lgan. Buxoro aeroportida 4,5 soat kutishdan so‘ng samolyot o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanishni davom ettirgan.

Ushbu to‘fon sababli kompaniyaning “Toshkent – Urgench – Buxoro” yo‘nalishida amalga oshirilayotgan 1051-sonli parvozi vaqtincha to‘xtatildi. Samolyot Nukus aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. 4,5 soatdan so‘ng u yo‘nalish bo‘yicha parvozini davom ettirdi.

   

Yangiliklar lentasi
0