Gullar bayrami: Namangan Flowers-2018 festivali boshlandi

© Sputnik / Anton DenisovVirashivanie svetov dlya gorodskix klumb
Virashivanie svetov dlya gorodskix klumb  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Festival har doimdek bir hafta emas, balki bir oy davom etadi. Ushbu yoz mavsumining yorqin bayramini o‘tkazish tajribasi Chelyabinsk delegatsiya vakillarida qiziqish uyg‘otdi.

TOShKENT, 28-may — Sputnik. Namanganda yakshanba kuni, 27-may Namangan Flowers-2018 gullar festivali boshlandi, deb xabar qildi “O‘zbekiston yangiliklari” portali.

Ploshad Drujba narodov v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent sizni yaxshi ko‘radi: poytaxtda shahar kuni nishonlanadi

Festival har doimdek bir hafta emas, balki bir oy davom etadi.

Ochilish marosimi gullar bilan bezatilgan mashinalar paradi bilan boshlandi. Paradda yengil, yuk mashinalari hamda kombayn ishtirok etdi. Mashinalar aeroportdan Bobur hiyoboniga o‘tishdi.  

Bobur hiyobonida noyob va antiqa gullar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Shaharning 100 ortiq gulchilari o‘z ishlarini mehmonlar e’tiboriga havola qilishdi.

Bayramga O‘zbekistondagi Bagladesh elchisi Mosud Mannan rafiqasi bilan tashrif buyurdi.

Bundan tashqari, tadbirda Chelyabinsk viloyatidan delegatsiyasi ishtirok etdi. Ularda festival o‘tkazish tajribasi katta taassurot qoldirdi.

Yangiliklar lentasi
0