TOShKENT, 16-may — Sputnik. Toshkentda o‘zining bayrami paydo bo‘ladi, ya’ni shahar kuni nishonlanadi. Bu haqda "O‘zbekiston yangiliklari" nashri xabar qildi.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shahar ma’muriyatiga doimiy ravishda tegishli takliflar kelib tushganligini jurnalistlarga ma’lum qildi. Yaqin vaqtlarda bu borada aniq konsepsiyani ishlab chiqishga shahar hokimiyati qoshida jamoat kengashi kirishadi.
Bundan tashqari, shahar bo‘ylab "Toshkent sizni yaxshi ko‘radi" xeshtegli fotozonalar paydo bo‘ladi.
Shahar kuni odatda dunyoning ko‘plab yirik shaharlarida nishonlanadi. Qoidaga ko‘ra, bu bayram dam olish kunlarida nishonlanadi. Shahar ma’muriyati shahar aholisi va mehmonlari uchun katta bayram dasturlar — konsertlar, sayillar, yarmarkalar, tanlovlarni tashkil qiladi.