O‘zbekistonga Rossiyaning hujumkor vertolotlari nima uchun kerak

© RIA Novosti/Avrora / Mediabankka o‘tishUdarnie vertoleti Mi-35
Udarnie vertoleti Mi-35 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aleksandr Xrolenko, harbiy sharhlovchi — O‘zbekistonning harbiy qudrati o‘sishi haqida

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston 10ta Mi-35 zarba beruvchi vertolotlarini yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Ikki mamlakatning harbiy-texnik hamkorligi jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. 2016-yildayoq Moskva va Toshkent O‘zbekistonga Rossiyadagi ichki narxlar bo‘yicha qurol-yarog‘ yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolagandi.

O‘zbekiston KXShT va Bojxona ittifoqiga a’zo bo‘lmasdan ana shunday imtiyozga ega bo‘lgan MDHdagi yagona mamlakat bo‘ldi. Bu O‘zbekistonga zudlik bilan, 2020-yilgacha qurolli kuchlarini zamonaviylashtirish va ularning jangovar holatini sezilarli ravishda kuchaytirishga imkon beradi. Rossiya yaqin o‘n yil davomida qurol va jangovar texnika yetkazib berish bo‘yicha O‘zbekistonning asosiy hamkori bo‘lib qoladi.

O‘zbekiston harbiy qudrat borasida jahon reytingida 133 davlat ichida 48-o‘rinda turadi. Taqqoslash uchun, bu Qozog‘iston (55-o‘rin), Ozarbayjon (58-o‘rin), Iroq va BAA (59-60-o‘rinlar), Afg‘onistondan (69-o‘rin) ancha yuqori degani. O‘zbekiston armiyasi haqli ravishda Markaziy Osiyoda eng kuchli armiya deb hisoblanadi. Toshkent ushbu natijada to‘xtab qolmoqchi emas. Geosiyosiy vaziyat bo‘shashishga yo‘l qo‘ymaydi.

Xavfsizlik kamari

AQSh va NATOning bir necha yillik urinishlariga qaramasdan, qo‘shni Afg‘onistonda turli ekstremistik tashkilotlar jangarilari o‘z ta’sir hududlarini kengaytirmoqda. Afg‘onistonga bir necha ming amerikalik harbiylarning tashlanishi hamda ID va Tolibon (mamlakat hududining 40%ga yaqinini nazorat qiladi) o‘rtasidagi kurashning keskinlashuvi mintaqaviy keskinlikni yanada oshirib yubordi.

Patrioticheskiy rolik - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston armiyasi - Markaziy Osiyoda eng qudratli armiyalardan biri

Terrorizm Markaziy Osiyo davlatlari uchun real muammoga aylandi – ushbu davlatlarning minglab fuqarolari Yaqin Sharqdagi jangarilar safida janglarda qatnashmoqda. Birgina O‘zbekistonning o‘ziga ana shunday fuqarolarning 1500dan ortig‘i qaytishi mumkin. Mintaqadagi terror tahdidini bartaraf qilish uchun ko‘plab davlatlarning hamkorlik qilishi talab etiladi.

Moskva va Toshkent birgalikda MDH davlatlari chizig‘i bo‘ylab xavfsizlik kamarini tashkil qilish niyatida. O‘zbekistonning yangi Mudofaa dotkrinasida zamonaviy xavf va tahdidlar inobatga olingan holda harbiy faoliyatning ustuvor jihatlari belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekistonning mudofaa xarajatlari 2018-yilda YaIMning 4%ini tashkil etadi va buni mintaqaviy barqarorlik hamda mamlakatning tinch-osoyishta rivoj topishi uchun tikilgan 1,4 milliard dollarlik investitsiya deyish mumkin. Zero Afg‘oniston, Tojikiston va Qirg‘iziston bilan "qaynoq chegara"ning sezilarli qismi borish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlardan o‘tadi. Muhim operatsiyalarni bajarish uchun mobil bo‘linmalar va maxsus operatsiyalar kuchlarining batalonlari tashkil qilingan. Samaradorlik va jangovarlikni oshirish maqsadida bu bo‘linmalarga vertolot brigadalari berilgan.

Jahondagi eng zo‘r "timsoh"

Mamlakat harbiy-havo kuchlari ixtiyorida 175 parvoz qurilmasi bo‘lib, ulardan 25tasi jangovar vertolotlardir (bu ma’lumotlar eskirgan bo‘lishi ehtimol). Va qudratli Mi-35 vertolotlari piyoda qo‘shinlarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini kengaytiradi.

Vertoleti Mi-35 - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiyadan Mi-35 vertolotlarini sotib olish bo‘yicha shartnomani imzoladi

Mi-35M ko‘p maqsadli zarba beruvchi vertoloti – bu jahonning turli qaynoq nuqtalarida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olgan Mi-24 jangovar vertolotining (harbiylar uni o‘ziga xos ko‘rinishi tufayli "timsoh" deb atashadi) chuqur modernizatsiya qilinishi natijasi. Shiddatkor, yaxshi himoyalangan va qurollangan Mi-35 oldingi safdagi va chuqur mudofaadagi zirhlangan texnika va dushmanlarni yo‘q qilish hamda qo‘shinlarni og‘ir ob-havo sharoitlarida qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan. Desant tashlash (sakkiz kishigacha) va jarohatlanganlarni evakuatsiya qilish imkoniyatiga ega.

Vertolet yuqori aniqlikdagi boshqariladigan va boshqarilmaydigan qurolga ega. U 23 millimetrli qo‘shotar artilleriya uskunasi va tovushdan tez uchuvchi "Shturm-V" tankka qarshi majmuasi bilan jihozlangan. Vertolotga bort kompyuteri, sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasi, zamonaviy kuzatuv-mo‘ljalga olish tizimi hamda tunda va harorat orqali ko‘rish tizimlari o‘rnatilgan. Kuchli dvigatellar uning tez va baland uchishini ta’minlaydi. Mi-35 O‘zbekistonning tog‘li va borish qiyin bo‘lgan chegara hududlarida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga yordam beradi.

Yangiliklar lentasi
0