Putin G‘arbga “qizil chiziq”dan o‘tmaslikni maslahat berdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishYejegodnaya bolshaya press-konferensiya prezidenta RF Vladimira Putina
Yejegodnaya bolshaya press-konferensiya prezidenta RF Vladimira Putina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu bilan birga Rossiya rahbari Ukrainadagi davlat to‘ntarishida G‘arbning roli borligini eslatdi.

TOShKENT, 26-may – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin g‘arb davlatlarini Rossiya bilan munosabatlarda “qizil chiziq”dan o‘tmaslikka chaqirdi. U bu haqda Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi vaqtida aytdi.

Rossiya rahbari, xususan, Moskva manfaatlarini hurmat qilish kerakligini ta’kidladi hamda Shimoliy Atlantika ittifoqining kengayishi Rossiya uchun tahdid uyg‘otishi mumkinligini bildirdi.

Emblema NATO - Sputnik O‘zbekiston
Moskva NATOni jiddiy ogohlantirdi

"NATO bizning chegaramizgacha yetib kelgani kamlik qilgandan, endi unga Ukrainani ham qo‘shib u yerga qandaydir radarlar va raketaga qarshi mudofaa tizimlarini ham olib kelishadi degan gumondamiz", — dedi Rossiya prezidenti.

Bundan tashqari, Putin “chegaradan o‘tmaslik”ka chaqirdi.

"Qandaydir chegaralar bo‘ladi, tushunyapsizlarmi, “qizil chiziq”dan u yog‘iga o‘tib bo‘lmaydi. Kelinglar, bizning manfaatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘laylik", — deb qo‘shib qo‘ydi u.

Shu bilan birga Rossiya rahbari Ukrainadagi davlat to‘ntarishida G‘arbning roli borligini eslatdi. Nega Ukrainada Viktor Yushchenko va Yuliya Timoshenko kabi “g‘arbparast siyosatchilar” bo‘lib turib g‘arb davlatlari bu mamlakatda hukumat kuch bilan almashishiga olib kelishdi, deya savol berdi.

Yangiliklar lentasi
0